Markaziy Osiyo mamlakatlarida o‘qituvchilar qancha maosh oladi — infografika

Obuna bo‘lish
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda o‘qituvchilarning maoshi o‘rtacha 2,5 barobarga oshdi. Bu haqda avgust oyi oxirida prezident ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda so‘z bordi.
Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikistonda o‘qituvchilar eng kam maosh oladi. Keyingi o‘rinda Qirg‘iziston. Maktab o‘qituvchilarining eng yuqori maoshi O‘zbekistonda.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, (2023 yil yanvar-iyun oylarida) umumiy ta’lim sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 3 million so‘mni tashkil etdi. Shu bilan birga, eng yuqori maoshni oliy ta’lim sohasidagi pedagoglar (7,1 million so‘m), eng kamini esa bog‘chalardagi murabbiylar (1,6 million so‘m) oladi.
Shuningdek, O‘zbekistonda maktab o‘qituvchilari o‘z daromadlarini oshirishlari mumkin. Chet tili, axborot texnologiyalari, matematika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ustama to‘lanadi.
Pedagoglar Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan ustama olishlari mumkin. Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda o‘qituvchilar har oy oylik maoshidan tashqari 5 million so‘m oladi.
Chekka hududlarga ishlash uchun boradigan o‘qituvchilarga ham maosh oshirilgan holda to‘lanadi.
Natijada bugungi kunda 23 ming nafar pedagog 6 million so‘mdan 10 million so‘mgacha, ming nafardan ortiq o‘qituvchi esa 10 million so‘mdan ortiq maosh oladi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarida o‘qituvchilar o‘rtacha qancha maosh oladi – Sputnik infografikasida tanishing.
Yangiliklar lentasi
0