Rossiya yangi hududlarni qanday qayta tiklamoqda — video

Obuna bo‘lish
Rossiya uch yil ichida yangi mintaqalarda jami 8,4 mingta obyektni qayta tiklash rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Rossiya quruvchilari tomonidan Ukrainani millatchilardan ozod qilish vaqtida vayron bo‘lgan Mariupol shahri ildam tiklanmoqda.
2024 yilda yangi mintaqalarni qayta tiklash uchun Rossiya budjetidan 37,5 mlrd rubl yo‘naltiriladi. Bu hududlarni rivojlantirish uchun esa 2026-yilgacha qariyb 2 trillion rubl ajratiladi.
Rossiya uch yil ichida yangi mintaqalarda jami 8,4 mingta obyektni qayta tiklash rejalashtirilmoqda.
2023 yilning birinchi yarmida bu yerda 2,5 mingtadan ortiq ko‘p qavatli uylar, yuzdan ortiq ijtimoiy obyektlar, maktab, shifoxona, bog‘cha va tug‘ruqxonalar qayta tiklandi, 250 km yo‘l ta’mirlandi.
Birinchi sentabrgacha Marupolda o‘nlab ta’lim muassasalari bolalar uchun eshiklarini ochdi. Ular orasida mutlaq yangi maktablar va kapital ta’mirdan chiqqan binolar ham bor.
Shuningdek, mintaqaning suv xavfsizligini ta’minlash uchun muhim kanal bo‘lgan Don - Severskiy Dones - Donbass suv o‘tkazgich ishga tushirildi, LXRdagi nasos stansiyalarini ishga tushirish bo‘yicha ham ish olib borilmoqda.
Tarixiy va madaniy obyektlar ham e’tibordan chetda qolmayapti. Masalan, DXRda qayta tiklangan “Saur-Mogila” majmuasi va Luganskda yangilangan “O‘tkir qabr” yodgorligi ochildi. U yerda turli yillarda shaharni himoya qilgan xaloskor jangchilar haykali bor .
Yangiliklar lentasi
0