Mirziyoyevning Berlinga amaliy tashrifi yakunlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston prezidentining Berlinga amaliy tashrifi yakunlandi.
O‘zbekiston prezidentining Berlinga amaliy tashrifi yakunlandi.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2023
Obuna bo‘lish
Prezident 28-30 sentabr kunlari amaliy tashrif bilan Berlin shahrida bo‘ldi.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga amaliy tashrifi dasturi yakuniga yetdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Prezident 28-30 sentabr kunlari amaliy tashrif bilan Berlin shahrida bo‘ldi. Davlat rahbari Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining Germaniya Federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashuvida ishtirok etdi.
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari ikki tomonlama uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi. So‘ng prezident Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi shafeligida tashkil etilgan Iqtisodiy forumda qatnashdi.
Germaniya kansleri Olaf Shols raisligida o‘tgan “Markaziy Osiyo - Germaniya” formatidagi birinchi sammitda O‘zbekiston yetkachisi uzoq muddatli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev va Olaf Sholsning ikki tomonlama muzokaralarida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Yangiliklar lentasi
0