https://oz.sputniknews.uz/20230929/yth-qurbon-39457594.html
So‘nggi sakkiz oyi ichida 1400 mingdan ziyod kishi YTH qurboni bo‘lgan
So‘nggi sakkiz oyi ichida 1400 mingdan ziyod kishi YTH qurboni bo‘lgan
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar-avgust oylari davomida 1415 nafar fuqaro yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi. Jami 9 milliontadan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi, jumladan8 milliontaga yaqin qo‘pol qoidabuzarlik, 26 mingtaga yaqin transport vositasini mast holda boshqarish, 161 mingtadan ortiq piyodalar qoidabuzarligi qayd etilgan.
2023-09-29T18:37+0500
2023-09-29T18:37+0500
2023-09-29T18:37+0500
jamiyat
o‘zbekiston
yth
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/06/35762354_0:0:1100:619_1920x0_80_0_0_08ac33d829ea75058a00e2a1a99aa574.jpg
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar-avgust oylari davomida 1415 nafar fuqaro yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi. Bu raqamlarni Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, senator Tolibjon Madumarov Senatning navbatdagi yalpi majlisida keltirdi.Madumarov ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning o‘tgan sakkiz oyida mamlakat bo‘yicha jami 9 milliontadan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi, jumladan, 8 milliontaga yaqin qo‘pol qoidabuzarlik, 26 mingtaga yaqin transport vositasini mast holda boshqarish, 161 mingtadan ortiq piyodalar qoidabuzarligi qayd etilgan.Aniqlanishicha, bugungi kunda mamlakatida taxminan 11 mingtaga yaqin piyodalar o‘tish joylari mavjud bo‘lib, ularning bor-yo‘g‘i 1 834 tasida svetofor va piyodalar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi boshqa yo‘l belgilari to‘liq o‘rnatilgan.Aksariyat tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylarida haydovchilarni mazkur obyekt to‘g‘risida o‘z vaqtida ogohlantiruvchi yo‘l belgilari o‘rnatilmagan va yo‘l chiziqlari to‘g‘ri chizilmagan.Bundan tashqari, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylari sutkaning qorong‘i vaqtlarida tegishli sun’iy yoritish chiroqlari bilan ta’minlanmaganligi bois, yo‘l-transport hodisalarining aksariyat qismi tungi vaqtlarda sodir bo‘lmoqda.Tahlillarga ko‘ra, 2021-2023 yillar davomida tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylarida 2784 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan bo‘lsa, ularning 1007 tasi sutkaning qorong‘u vaqtlarida sodir etilgan.Haydovchilar tomonidan tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylarida piyodalarga yo‘l bermaslik ham yo‘l-transport hodisalarining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda va bunday holatlar yildan yilga ortib bormoqda.Jumladan, 2021-yil davomida haydovchilarning piyodalarga yo‘l bermasdan harakatlanganligi uchun qo‘llanilgan ma’muriy qoidabuzarliklar soni 101 796 tani tashkil qilgan bo‘lsa, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 142 967 tani, 2023-yilning 8 oyida esa 90 211 tani tashkil qilgan.Qayd etish joizki, 2024-yil 1-yanvardan boshlab aholi punktlarida barcha yangi qurilayotgan ikki va undan ortiq polosali avtomobil yo‘llarida piyodalar o‘tish yo‘laklarini svetoforlar bilan to‘liq jihozlash majburiy bo‘lishi kutilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20230113/toshkentda-17-ta-mashina-ishtirokida-yth-sodir-boldi--31434307.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/06/35762354_95:0:1007:684_1920x0_80_0_0_3bec45d984668ac8386eb13b6c0deb9a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston yth statistika qurbonlar
o‘zbekiston yth statistika qurbonlar
So‘nggi sakkiz oyi ichida 1400 mingdan ziyod kishi YTH qurboni bo‘lgan
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilning o‘tgan sakkiz oyida mamlakat bo‘yicha jami 9 milliontadan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi qayd etilgan.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar-avgust oylari davomida 1415 nafar fuqaro yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi. Bu raqamlarni Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, senator Tolibjon Madumarov Senatning navbatdagi yalpi majlisida
keltirdi. Madumarov ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning o‘tgan sakkiz oyida mamlakat bo‘yicha jami 9 milliontadan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi, jumladan, 8 milliontaga yaqin qo‘pol qoidabuzarlik, 26 mingtaga yaqin transport vositasini mast holda boshqarish, 161 mingtadan ortiq piyodalar qoidabuzarligi qayd etilgan.
“Oqibatda ushbu davrda 5 772 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 5 448 nafar fuqaro jarohatlangan va 1 415 nafar fuqaro halok bo‘lgan”, - dedi u.
Aniqlanishicha, bugungi kunda mamlakatida taxminan 11 mingtaga yaqin piyodalar o‘tish joylari mavjud bo‘lib, ularning bor-yo‘g‘i 1 834 tasida svetofor va piyodalar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi boshqa yo‘l belgilari to‘liq o‘rnatilgan.
Aksariyat tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylarida haydovchilarni mazkur obyekt to‘g‘risida o‘z vaqtida ogohlantiruvchi yo‘l belgilari o‘rnatilmagan va yo‘l chiziqlari to‘g‘ri chizilmagan.
Bundan tashqari, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylari sutkaning qorong‘i vaqtlarida tegishli sun’iy yoritish chiroqlari bilan ta’minlanmaganligi bois, yo‘l-transport hodisalarining aksariyat qismi tungi vaqtlarda sodir bo‘lmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, 2021-2023 yillar davomida tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylarida 2784 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan bo‘lsa, ularning 1007 tasi sutkaning qorong‘u vaqtlarida sodir etilgan.
Haydovchilar tomonidan tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylarida piyodalarga yo‘l bermaslik ham yo‘l-transport hodisalarining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda va bunday holatlar yildan yilga ortib bormoqda.
Jumladan, 2021-yil davomida haydovchilarning piyodalarga yo‘l bermasdan harakatlanganligi uchun qo‘llanilgan ma’muriy qoidabuzarliklar soni 101 796 tani tashkil qilgan bo‘lsa, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 142 967 tani, 2023-yilning 8 oyida esa 90 211 tani tashkil qilgan.
Qayd etish joizki, 2024-yil 1-yanvardan boshlab aholi punktlarida barcha yangi qurilayotgan ikki va undan ortiq polosali avtomobil yo‘llarida piyodalar o‘tish yo‘laklarini svetoforlar bilan to‘liq jihozlash majburiy bo‘lishi kutilmoqda.