https://oz.sputniknews.uz/20230929/nato-harbiy-infratuzilmalari-afgoniston-lavrov-39442718.html
NATO harbiy infratuzilmasining Afg‘onistonga qaytishi Rossiya uchun nomaqbul – Lavrov
NATO harbiy infratuzilmasining Afg‘onistonga qaytishi Rossiya uchun nomaqbul – Lavrov
Sputnik O‘zbekiston
AQSh va NATO harbiy infratuzilmalarining Afg‘oniston va unga qo‘shni mamlakatlarga qaytishi Rossiya uchun nomaqbul. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formatidagi maslahatlashuvlar ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida ma’lum qildi.
2023-09-29T13:51+0500
2023-09-29T13:51+0500
2023-09-29T14:13+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
rossiya
afg‘oniston
nato
sergey lavrov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/18/38195077_0:0:2799:1574_1920x0_80_0_0_d9812c42bdb98e253bccd2abc6b61d66.jpg
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. AQSh va NATO harbiy infratuzilmasining Afg‘oniston va unga qo‘shni mamlakatlarga qaytishi Rossiya uchun nomaqbul. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formatidagi maslahatlashuvlar ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida ma’lum qildi. Rossiya TIV vaziri mamlakat bu masalada o‘ta sergak bo‘lish niyatida ekanini bildirgan va Moskva formatidagi barcha hamkorlarni bunga chorlagan.Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb mamlakatlari Afg‘oniston xalqiga o‘rnini qoplab bo‘lmaydigan zarar yetkazgan va mojarodan keyin mamlakatni qayta tiklashning asosiy vazifasini o‘z bo‘yniga olmog‘i kerak.“Shu bois Vashington tomonidan afg‘on banklari aktivlarining bloklanishi samarasiz va shundoq ham yashash sharoiti yaxshi bo‘lmagan afg‘onlarning vaziyatini og‘irlashtiradi, xolos”, - deya qo‘shimcha qilgan Rossiya vaziri.Qozonda Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formatidagi maslahatlashuvlarning beshinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Moskva formatidagi birinchi majlis 2017-yil 14-aprel kuni 11 ta mamlakat tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari va maxsus vakillari ishtirokida (Rossiya, Afg‘oniston, Xitoy, Pokiston, Eron, Hindiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkmaniston) bo‘lib o‘tgan edi.Bu formatning asosiy vazifalaridan bir Afg‘onistonda tezroq sulh o‘rnatilishiga ko‘maklashish.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/18/38195077_179:0:2435:1692_1920x0_80_0_0_6b4918adb67743aa37217b0d6bdb036b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh nato harbiy infratuzilmalari afg‘oniston qo‘shni mamlakatlar
aqsh nato harbiy infratuzilmalari afg‘oniston qo‘shni mamlakatlar
NATO harbiy infratuzilmasining Afg‘onistonga qaytishi Rossiya uchun nomaqbul – Lavrov
13:51 29.09.2023 (yangilandi: 14:13 29.09.2023) Rossiya har qanday holatlarda AQSh va NATO harbiy infratuzilmasining Afg‘oniston va unga qo‘shni davlatlarga qaytarilishini nomaqbul deb hisoblaydi.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. AQSh va NATO harbiy infratuzilmasining Afg‘oniston va unga qo‘shni mamlakatlarga qaytishi Rossiya uchun nomaqbul. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formatidagi maslahatlashuvlar ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida ma’lum qildi.
“Har qanday holatlarda AQSh va NATO harbiy infratuzilmasining Afg‘oniston va unga qo‘shni davlatlarga qaytarilishini nomaqbul deb hisoblaymiz, ular qanday bahonalar bilan asoslanishiga qaramay”, - deya
o‘qib eshittirdi Lavrov murojaatini Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov.
Rossiya TIV vaziri mamlakat bu masalada o‘ta sergak bo‘lish niyatida ekanini bildirgan va Moskva formatidagi barcha hamkorlarni bunga chorlagan.
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb mamlakatlari Afg‘oniston xalqiga o‘rnini qoplab bo‘lmaydigan zarar yetkazgan va mojarodan keyin mamlakatni qayta tiklashning asosiy vazifasini o‘z bo‘yniga olmog‘i kerak.
“Shu bois Vashington tomonidan afg‘on banklari aktivlarining bloklanishi samarasiz va shundoq ham yashash sharoiti yaxshi bo‘lmagan afg‘onlarning vaziyatini og‘irlashtiradi, xolos”, - deya qo‘shimcha qilgan Rossiya vaziri.
Qozonda Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formatidagi maslahatlashuvlarning beshinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Moskva formatidagi birinchi majlis 2017-yil 14-aprel kuni 11 ta mamlakat tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari va maxsus vakillari ishtirokida (Rossiya, Afg‘oniston, Xitoy, Pokiston, Eron, Hindiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkmaniston) bo‘lib o‘tgan edi.
Bu formatning asosiy vazifalaridan bir Afg‘onistonda tezroq sulh o‘rnatilishiga ko‘maklashish.