Situatsiya na meste vzriva v Sergeli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2023
Toshkentdagi omborda kuchli portlash
28 sentabr kuni soat 03:00da FVV Toshkent shahar Boshqarmasi navbatchilik qismidan tushgan xabarga ko‘ra, Sergeli tumani “Qipchoq” ko‘chasida joylashgan “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqqan.

Toshkentda kechasi kuchli portlash sodir bo‘ldi, jarohatlanganlar bor — video

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVzriv proizoshel na sklade v Tashkente
Vzriv proizoshel na sklade v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2023
Obuna bo‘lish
Sergeli tumani “Qipchoq” ko‘chasida joylashgan “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqqan.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. 28 sentabr kuni soat 03:00da FVV Toshkent shahar Boshqarmasi navbatchilik qismidan tushgan xabarga ko‘ra, Sergeli tumani “Qipchoq” ko‘chasida joylashgan “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqqan.
Eng so‘nggi tezkor xabarlar, foto, video bizning (lotin/kirill). Obuna bo‘ling, tezkor xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.
Shunga ko‘ra, 16 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 3 ta avtonarvon soat 02:48 da hodisa ro‘y bergan hududga yetib borib, hozirda yong‘inni o‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Yong‘in soat 05:02 da qurshab olingan. FVV xodimlarining tezkor harakatlari natijasida yong‘in maydoni qisqartirilib borilmoqda.
Voqea joyida dastlabki daqiqalardan boshlab FVV rahbariyati hamda kuch va vositalari, shuningdek, tegishli tashkilotlar xodimlari ish olib bormoqda. Yong‘in kelib chiqish sababini aniqlash maqsadida FVVning maxsus laboratoriyasi hodisa joyida ish olib bormoqda.
Yong‘in maydoni hamda jabrlanuvchilar soni haqidagi ma’lumotlarni aniqlash choralari ko‘rilmoqda.
Toshkentdagi portlash poytaxt aeroporti faoliyatiga ta’sir qilmadi.
Toshkent” xalqaro aeroporti cheklovlarsiz odatiy rejimda ishlamoqda. Yong‘in samolyot qulashi oqibatida kelib chiqdi, deyilayotgan xabarlar feykdir.
Yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda.
Jarohatlanganlar bor. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0