https://oz.sputniknews.uz/20230927/turkiya-ozbekistonlik-ayollar-ogoh-39358325.html
Istanbuldagi bosh konsulxona Turkiyadagi o‘zbekistonlik ayollarni ogohlantirdi
Istanbuldagi bosh konsulxona Turkiyadagi o‘zbekistonlik ayollarni ogohlantirdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi o‘zbekistonlik ayollarni tungi qahvaxonalarda konsomatrislik bilan shug‘ullanmaslikka chaqirib, bu ish mamlakatdan deport qilinishga sabab bo‘lishidan ogohlantirdi.
2023-09-27T12:55+0500
2023-09-27T12:55+0500
2023-09-27T12:55+0500
jamiyat
o‘zbekiston
turkiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34957162_0:159:3075:1888_1920x0_80_0_0_b2d503e7bf3450df295d152f207c82f4.jpg.webp
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi o‘zbekistonlik xotin-qizlarga ogohlantirish bilan chiqdi.Xabarda yozilishicha, so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik xotin-qizlarni Istanbul, Antaliya, Izmir, Bodrum va boshqa shaharlarda katta mablag‘ evaziga konsomatris (kons) ishlariga taklif etib, reklamalar tarqatilayotgani holatlari kuzatilmoqda.Konsulxonaning ogohlantirishicha, bunday faoliyat bilan shug‘ullanayotganlarni mahalliy politsiya Turkiyadan chiqarib yubormoqda.Shu kabi reklama tarqatayotganlar va konsomatrislikka jalb qilayotgan shaxslar haqida ma’lumotga ega bo‘lganlar konsulxonaga (tel.: 02123232037) xabar berish so‘ralgan.Ma’lumot uchun, konsomatris xizmati tungi kafelarda mijozlar bilan birga o‘tirib, ular bilan birga spirtli ichimliklar ichadigan va mijozlarni oshirilgan narxlarda ichimlik va oziq ovqat olish hamda ularni ko‘proq pul sarflashga undaydigan yosh qizlarni yollashni anglatadi.
o‘zbekiston
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34957162_172:0:2901:2047_1920x0_80_0_0_2f80b29eb64e7c3c8a3ca87c18af21ea.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turkiya o‘zbekistonlik ayollar konsomatris ogohlik deport
turkiya o‘zbekistonlik ayollar konsomatris ogohlik deport
Istanbuldagi bosh konsulxona Turkiyadagi o‘zbekistonlik ayollarni ogohlantirdi
O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi o‘zbekistonlik ayollarni tungi kafelarda konsomatrislik bilan shug‘ullanmaslikka chaqirdi.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi o‘zbekistonlik xotin-qizlarga ogohlantirish bilan chiqdi.
Xabarda yozilishicha, so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik xotin-qizlarni Istanbul, Antaliya, Izmir, Bodrum va boshqa shaharlarda katta mablag‘ evaziga konsomatris (kons) ishlariga taklif etib, reklamalar tarqatilayotgani holatlari kuzatilmoqda.
Konsulxonaning ogohlantirishicha, bunday faoliyat bilan shug‘ullanayotganlarni mahalliy politsiya Turkiyadan chiqarib yubormoqda.
“Bu konsomatris faoliyati bizning urf-odatimiz, milliy an’analarimiz va muqaddas dinimizga to‘g‘ri kelmasligi hammamizga ma’lum. Turkiya hududida huquqbuzarliklar ishtirokchisi bo‘lib qolishingiz, jabr ko‘rishingiz yoki aybdor bo‘lib qolishingizning oldini olish maqsadida siz yashab turgan davlatning qonun talablariga rioya qilishingizni, o‘zingiz va yaqinlaringiz hayoti va sog‘ligiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan joylar va shaxslardan yiroq bo‘lishingizni tavsiya qilamiz", — deyiladi xabarda.
Shu kabi reklama tarqatayotganlar va konsomatrislikka jalb qilayotgan shaxslar haqida ma’lumotga ega bo‘lganlar konsulxonaga (tel.: 02123232037) xabar berish so‘ralgan.
Ma’lumot uchun, konsomatris xizmati tungi kafelarda mijozlar bilan birga o‘tirib, ular bilan birga spirtli ichimliklar ichadigan va mijozlarni oshirilgan narxlarda ichimlik va oziq ovqat olish hamda ularni ko‘proq pul sarflashga undaydigan yosh qizlarni yollashni anglatadi.