Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

“Yagona variant”. AQShda Kiyev qaysi hududlardan voz kechishi kerakligi ma’lum qilindi

© Foto : Office of the President of UkraineMonument "Rodina-mat" v Kiyeve s obnovlennim gerbom. Arxivnoe foto
Monument Rodina-mat v Kiyeve s obnovlennim gerbom. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2023
Obuna bo‘lish
Jonsonning ta’kidlashicha, Rossiya Donesk, Lugansk, Zaporojye va Xerson viloyatlaridan voz kechmaydi.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Ukraina Rossiya bilan tinchlik bitimi tuzish uchun Xerson, Zaporojye, Donesk va Lugansk viloyatlaridan voz kechishi kerak, dedi AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq tahlilchisi Larri Jonson Dialogue Works YouTube kanali efirida.
“Hamma narsaga barham berishning yagona yo‘li - Ukrainaning so‘zsiz taslim bo‘lishi”, - deydi ekspert.
Jonsonning ta’kidlashicha, Rossiya Donesk, Lugansk, Zaporojye va Xerson viloyatlaridan voz kechmaydi, Kiyev Moskvaga hech qanday shart qo‘yishga qodir emas.
“Ushbu hududlarning hech biri ortga qaytarilmaydi va nuqta”, dedi u.
Agar Ukraina Qurolli kuchlari taslim bo‘lishdan bosh tortsa, Rossiya armiyasi ularni qonini to‘kib, o‘z hududlarini himoya qiladi, deya xulosa qildi Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq tahlilchisi.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy devonining maslahatchisi Mixail Podolyak Moskva bilan hech qanday muzokaralar olib borilmasligi va Kiyev o‘t ochishni to‘xtatishning har qanday ssenariysiga qarshi ekanligini, chunki bu Rossiyaning haqiqiy g‘alabasini bildirishini aytgan edi.
Kremlda ta’kidlanishicha, hozirda vaziyatning tinch yo‘nalishga o‘tishi uchun hech qanday shart-sharoit yo‘q, Moskva uchun mutlaq ustuvorlik - bu maxsus operatsiya maqsadlariga erishish; hozirda bu faqat harbiy yo‘l bilan mumkin. Shuningdek, Rossiya Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga urinayotgan barcha davlatlarning sa’y-harakatlarini yuksak qadrlashi, biroq hozircha buning iloji yo‘qligi qo‘shimcha qilindi.
Yangiliklar lentasi
0