Xanchjou-2022: O‘zbekiston hisobiga yana bir oltin va bronza medali yozildi

© AFP 2023 / Hector RetamalSvetovoe shou na seremonii otkritiya 19-x Aziatskix igr v v Xanchjou, Kitay
Svetovoe shou na seremonii otkritiya 19-x Aziatskix igr v v Xanchjou, Kitay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2023
Obuna bo‘lish
Taekvondochi Madinabonu Mannopova bronza medalini, dzudochi Murodjon Yo‘ldoshev esa oltin medalini qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik taekvondochi Madinabonu Mannopova XIX Osiyo o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Shu tariqa, Mannopova ikkinchi bor Osiyo o‘yinlarining medaliga sazovor bo‘ldi.
© NOKXanchjou-2022
Xanchjou-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2023
-49 kg vazn toifasida ishtirok etgan Mannopova yarim finalda Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni, tailandlik Panipak Vongpattanakitga kichik hisoblarda imkoniyatni boy berdi va bronza medali bilan taqdirlandi. Eslatib o‘tamiz, Madinabonu Mannopova o‘tgan Osiyo o‘yinlarida kumush medalini qo‘lga kiritgan edi.
Shuningdek, o‘zbekistonlik dzudochi Murodjon Yo‘ldoshev O‘zbekiston delegatsiyasi uchun umumiy hisobda to‘rtinchi oltin medalni taqdim qildi. -73 kg vazn toifasining chempionlik bahsida tatamiga chiqqan Yo‘ldoshev yaponiyalik Soichi Xashimotoni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.
© NOKXanchjou-2022
Xanchjou-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2023
Yangiliklar lentasi
0