Toshkent aeroportida taksi xizmati uchun joylar yana kimoshdi savdosiga qo‘yildi

© Foto : Press-slujba "Uzbekistan Airports"Toshkent aeroportida taksi xizmati uchun joylar yana kimoshdi savdosiga qo‘yildi.
Toshkent aeroportida taksi xizmati uchun joylar yana kimoshdi savdosiga qo‘yildi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2023
Obuna bo‘lish
Kim oshdi savdosida texnik topshiriqda ko‘rsatilgan talablarga javob beradigan barcha manfaatdor kompaniyalar ishtirok etishi mumkin.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Toshkent aeroportida taksi xizmati uchun joylar yana kimoshdi savdosiga qo‘yildi, deya xabar berdi "Uzbekistan Airports".
“Uzbekistan Airports” boshqaruv kompaniyasi E-auksion.uz platformasida Toshkent aeroportida taksi operatorlarining joy ijarasi uchun uchta lotni qayta joylashtirdi.
"Har uchala lot bo‘yicha ham savdolar joriy yilning 3-oktabr kuni E-auksion.uz saytida bo‘lib o‘tadi", — deyiladi xabarda.
Kim oshdi savdosida texnik topshiriqda ko‘rsatilgan talablarga javob beradigan barcha manfaatdor kompaniyalar ishtirok etishi mumkin.
Aytilishicha, 17-avgust kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan birinchi auksionlar buyurtmachi tomonidan texnik shartlarga qo‘shimchalar va tushuntirishlar kiritilgani sababli bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Toshkent xalqaro aeroportining umumiy uchib kelish zalida yana bir taksi xizmati paydo bo‘ladi. Taksi operatorlari, shuningdek, CIP uchib kelish zali va mahalliy aviaqatnovlar terminalining kelish zali uchun alohida tanlanadi. Barcha lotlarda kompaniyalar rioya qilishlari kerak bo‘lgan batafsil texnik topshiriqlar mavjud. Xususan, ariza beruvchi kompaniya ishlab chiqarilganiga uch yildan ortiq bo‘lmagan, benzinda ishlaydigan yoki elektromobillar parkiga ega bo‘lishi kerak.
Kompaniya o‘zbek, rus va ingliz tillarini boshlang‘ich bilimga ega bo‘lgan malakali haydovchilarni rasman ishga olishi shart. Avtomobillar brendlangan bo‘lishi va haydovchilar maxsus forma kiyishlari kerak. Kompaniya yo‘lovchilar uchun naqd pul, mahalliy va xorijiy to‘lov tizimlarining bank kartalarini qabul qilish imkoniyatini taqdim etishi kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Raqobat qo‘mitasi "Uzbekistan Airports" tomonidan yagona taksi xizmatining yo‘lga qo‘yilishini noqonuniy harakat deb atagan edi.
Yangiliklar lentasi
0