Shavkat Mirziyoyev Xalqaro hunarmandchilik festivali ishtirokchilarini tabrikladi

© Press-slujba Prezidenta Respubliki UzbekistanShavkat Mirziyoyev. Arxiv surat
Shavkat Mirziyoyev. Arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2023
Obuna bo‘lish
Prezident Xalqaro hunarmandchilik festivali ishtirokchilari tabriklab, ularning ishlariga muvaffaqiyat tiladi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Qo‘qonda ochilgan Xalqaro hunarmandchilik festivali ishtirokchilarini tabrikladi.
"Siz, azizlarni Xalqaro hunarmandchilik festivalining tantanali ochilishi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etishdan g‘oyat mamnunman.<...>
Bugun ochilayotgan ushbu festival san’at va do‘stlik, iste’dod va mahorat bayrami sifatida barcha ishtirokchilar va xalqimiz qalbida yorqin iz qoldiradi, deb ishonaman.
Siz, hurmatli festival qatnashchilariga sihat-salomatlik, olijanob faoliyatingizda yutuq va omadlar, anjuman doirasidagi ilmiy-amaliy konferensiya ishiga esa muvaffaqiyatlar tilayman", - deyiladi tabrik so‘zida.
Shuningdek, tabrik so‘zida O‘zbekiston prezidenti Respublikada azaldan taraqqiy etgan hunarmandchilik turlari bilan faxrlanishini ham aytib o‘tdi.
"Biz bu o‘lkada kulolchilik, ipak va abrli matolar ishlab chiqarish, yog‘och o‘ymakorligi, ganchkorlik va naqqoshlik san’ati, pichoqchilik, do‘ppido‘zlik kabi hunar turlari keng rivojlanib, milliy brend darajasiga ko‘tarilgani bilan faxrlanamiz" - dedi davlat rahbari.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev so‘nggi 7-yilda O‘zbekistonda hunarmandchilik sohali ildam rivojlanib kelayotganini va bunga qabul qilingan yangi qonunlar ham hissa qo‘shayotganini aytib o‘tdi.
Keyingi yillarda yurtimizda xalq badiiy va amaliy san’atini yanada rivojlantirish, <...> ustalarning mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash va qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor berilmoqda.
<...> So‘nggi yetti yilda “Hunarmand” uyushmasi a’zolari 7 barobardan ziyod ko‘payib, 10 ming nafardan salkam 80 ming nafarga yetgani, sohada band bo‘lganlar esa 280 ming nafarni tashkil etayotgani yaqqol ko‘rsatib turibdi", - dedi Mirziyoyev.
Ma’lumot uchun, bugun Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida II Xalqaro xalq amaliy san’ati festivali ish boshladi. Anjumanda jahonning 70 ta davlatidan 260 nafardan ziyod mohir hunarmand va ustalar, taniqli ilm, madaniyat va san’at namoyandalari, nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda. Festival 23-sentabrga qadar davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0