Keng miqyosdagi jang. AQShda Zelenskiy yangi voqelik haqida ogohlantirildi

© AP Photo / Eduardo MunozPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy. Arxivnoe foto
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2023
Obuna bo‘lish
Qarshi hujum ko‘plab tahlilchilar va rasmiylar bashorat qilgan natijalarni bermadi, deyiladi xabarda.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uchun dunyodagi vaziyat keskin o‘zgardi, deb yozadi Blez Melli “Responsible Statecraft” uchun maqolasida.
“Zelenskiy o‘tgan yilgidan boshqacha siyosiy voqelikka duch kelmoqda. Qarshi hujum ko‘plab tahlilchilar va rasmiylar bashorat qilgan natijalarni bermadi, bu esa uzoq davom etadigan mojaro ehtimolini oshirdi”, - deyiladi xabarda.
Maqolada qayd etilishicha, Oq uyning Kiyevni moliyalashtirishni davom ettirish istagi tufayli Vashingtonda qarama-qarshilik avj olgan.
“Vakillar palatasida konservatorlar bir qator talablar, jumladan, Ukraina uchun “toza chek” rad etilmasa, budjet borasida kelishmaslik va hukumat ishini to‘xtatish bilan tahdid qilishdi”, deb yozadi muallif.
Oq uyning xabariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar ukrainaliklarga qarshi hujum uchun so‘ralgan hamma narsani bergan. Vakillar palatasi spikeri Kevin Makkarti kongressmenlarning Zelenskiy bilan uchrashuvi oldidan Ukrainaga yangi moliyalashtirish bosqichi kafolatlanmoqchi emasligini, balki ko‘rsatilgan yordam uchun javobgarlik talab qilinishini aytgandi.
Yangiliklar lentasi
0