Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zladi — ilgari surilgan tashabbuslar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zladi
Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev global va mintaqaviy kun tartibidagi eng dolzarb masalalar yechimiga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh qarorgohida BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasining umumsiyosiy munozaralari boshlandi. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.
Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida hamjihatlik va amaliy hamkorlik ruhini saqlash, umumiy manfaatlarni mavjud ziddiyatlardan yuqori qo‘ygan holda mamlakatlarni jipslashtirish zarurligini qayd etdi.
"Biz o‘tgan yili umumiy xavfsizlik va taraqqiyotga qaratilgan “Samarqand birdamlik tashabbusi”ni ilgari surdik. Asosiy maqsadimiz mamlakatlarimiz va xalqlarimizning bugungi kuni va istiqboli uchun mas’uliyatni har tomonlama chuqur anglash, ochiq va konstruktiv hamkorlikka tayyor barcha tomonlarni global muloqotga jalb qilishdan iborat", – dedi O‘zbekiston yetakchisi.
Davlat rahbari global va mintaqaviy kun tartibidagi eng dolzarb masalalar yechimiga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zladi
Prezident Uzbekistana vistupil na 78-y sessii Generalnoy Assamblei OON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2023
Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zladi
Qayd etilishicha, iqtisodiyotni liberallashtirish yo‘lidagi yana bir ustuvor vazifa – yaqin orada Jahon savdo tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lish.
Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan siyosat tufayli mamlakatda 2017-yildan buyon kambag‘allik ikki barobarga kamaydi. 2030-yilgacha uni 7 foizga tushirish reja qilingan.
"Biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi tomonidan ilgari surilgan “Ish o‘rinlarini yaratish va ijtimoiy himoya global akseleratori” borasidagi tashabbusni qo‘llab-quvvatlaymiz. Mazkur tashabbus doirasida tajriba almashish uchun 2024-yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida “Ijtimoiy himoya: barqaror taraqqiyot sari yo‘l” butunjahon konferensiyasini yurtimizda o‘tkazishni taklif etaman", – dedi O‘zbekiston yetakchisi.
Davlat rahbari O‘zbekiston bundan buyon ham Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik, barqarorlik, o‘zaro hamkorlik va rivojlanish muhitini mustahkamlash yo‘lidan qat’iy borishini qayd etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat va uning barcha qo‘shnilari birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli davlat chegaralari, transport koridorlari va suvdan foydalanish bo‘yicha muammolarni bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi.
Mintaqa davlatlari o‘rtasida o‘zaro savdo ikki yarim barobardan ziyod, qo‘shma korxonalar soni esa besh marta o‘sdi. Mintaqa iqtisodiy rivojlanish markaziga, Sharq va G‘arbni, Shimol va Janubni bog‘laydigan transport-kommunikatsiya ko‘prigiga aylanib, unga qiziqish tobora ortib bormoqda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zladi
Prezident Uzbekistana vistupil na 78-y sessii Generalnoy Assamblei OON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2023
Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zladi
"Ishonch bilan aytish mumkinki, bizning xalqlarimizni mintaqaviy o‘ziga xoslikni anglash tuyg‘usi birlashtirmoqda va bu tuyg‘u tobora kuchayib bormoqda. Bizning nafaqat tariximiz, balki kelajagimiz, hayotiy muhim manfaatlarimiz ham umumiy va mushtarakdir. Mintaqaviy hamkorligimizni kengaytirishdan boshqa yo‘limiz yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas!", – dedi prezident.
Mamlakat “Birlashgan Millatlar Tashkiloti – Xotin-qizlar” tuzilmasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdorligi ta’kidlanib, birgalikdagi tashabbus sifatida ayollarning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalarini muhokama qilish va tajriba almashish uchun kelgusi yili O‘zbekistonda Osiyo xotin-qizlari forumini o‘tkazish taklif qilindi.
O‘zbekiston tomonidan Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish yo‘lida ko‘rilayotgan choralar, mintaqadagi iqlim o‘zgarishining salbiy ta’siri va suv bilan ta’minlanganlik darajasining kamayish tendensiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirildi.
Bu vaziyatdan kelib chiqqan holda, BMT Bosh kotibining Suv resurslari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi ta’sis etilishi, Markaziy Osiyo suvni tejaydigan texnologiyalar platformasi yaratilishi va mintaqada qabul qilingan Yashil taraqqiyot dasturi doirasida tizimli hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi qo‘llab-quvvatlandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev na sessii Generalnoy assamblei OON
Shavkat Mirziyoyev na sessii Generalnoy assamblei OON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2023
Shavkat Mirziyoyev na sessii Generalnoy assamblei OON
"Bu borada “Markaziy Osiyo iqlim muloqoti”ni joriy etishni maqsadga muvofiq, deb hisoblayman. Biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining “Markaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarshisida: umumiy farovonlik yo‘lida hamjihatlik” rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusini ilgari suramiz. Uning asosiy mazmunini kelgusi yil Samarqandda bo‘lib o‘tadigan xalqaro iqlim forumida muhokama qilishni taklif etamiz, – dedi O‘zbekiston prezidenti.
Jahon miqyosida dinlararo bag‘rikenglik va hamjihatlik g‘oyalarini keng targ‘ib etish maqsadida O‘zbekistonda YuNESKO shafeligida Dinlararo muloqot va bag‘rikenglik xalqaro markazini tashkil etish taklif qilindi.
Buyuk olimlarning boy merosini o‘rganish, islomning asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish maqsadida 2024-yil O‘zbekistonda “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazish tashabbusi ilgari surildi.
Afg‘on xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatishni susaytirmaslik lozim, degan fikrni bildirib, prezident Afg‘onistonning muzlatilgan xalqaro aktivlarini bu yurtdagi o‘tkir ijtimoiy muammolarni hal etishga yo‘naltirish uchun maqbul mexanizmlarni ishlab chiqishga chaqirdi.
"Bizga tinch va barqaror, mintaqaviy hamkorlik jarayonlarida ishtirok etadigan, qo‘shnilari va boshqa mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli sheriklik uchun ochiq Afg‘oniston kerak", – dedi davlat rahbari.
Prezident BMTning yuksak minbaridan turib dunyo hamjamiyatini Afg‘oniston muammosini hal etish yo‘lida birlashishga va bu borada BMT rahnamoligida Afg‘oniston bo‘yicha birgalikda ishlab chiqilgan, vaziyatga moslashuvchan va konstruktiv pozitsiyani belgilashga chaqirdi.
Yangiliklar lentasi
0