YeOII soxta mahsulotlarga qarshi qanday kurashmoqda — ekspert
16:52 19.09.2023 (yangilandi: 17:14 19.09.2023)
© Sputnik / Sergey PatakovParfum
© Sputnik / Sergey Patakov
Obuna bo‘lish
YeOIIda intellektual mulk himoyasi va qalbaki mahsulotlarga qarshi kurash qanday olib borilmoqda va bu sohada O‘zbekiston bilan hamkorlik qanday amalga oshirilmoqda.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Dunyoda soxta mahsulot va kontrafakt tovarlardan zarar ko‘rmagan birorta ham iqtisod yo‘q. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlari ham bundan mustasno emas, deydi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Tadbirkorlikni rivojlantirish departamenti direktori o‘rinbosari Nurjamal Ilyasova MIR telekanaliga.
"Bugungi kunda YeOII davlatlarida eng ko‘p qalbakilashtirilayotgan mahsulotlar an’anaviy ravishda – lyuks brendlar kiyim va poyabzal. Shuningdek, bolalar o‘yinchoqlari va avtomobil ehtiyot qismlari ham qalbakilashtiriladi. Bizni eng ko‘p bezovta qiladigani, bu farmatsevtika mahsulotlarining qalbakilashtirilishidir", — deydi Ilyasova.
2022 yilda YeOIIda 6 mingdan ortiq intellektual mulk buzilishiga oid jinoyatlar aniqlangan. Ittifoq davlatlarida qo‘lga olingan kontrafakt mahsulotlar soni 9 million birlikdan oshgan.
Aytish joizki, Ittfoqning turli davlatlarida vaziyat turlicha. Ularning har birini alohida ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortishni o‘rganish va tahlil qilish kerak bo‘ladi. Aynan shu mavzular Sankt-Peterburgda 5-6 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Antikontrafakt-2023” forumida muhokama qilinadi.
Ilyasova aytishiga ko‘ra, bugungi kunda YeIK qalbakilashtirilgan mahsulotlarga qarshi kurash doirasida ishlar asosan quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilmoqda:
1.
Tovar belgilari va ishlab chiqarish manzillarini ro‘yxatga olish. YeOII doirasida Intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan asosiy jarayonlar qatorida tovar belgilarini va ishlab chiqarish manzillarini ro‘yxatga olish hududiiy tizimlarini ishga tushirishni aytish mumkin. Uning yordamida tovarlar xavfsiz harakatlanish tizimni yaratish mumkin va bir vaqtning o‘zida chetdan kirib kelayotgan qalbaki mahsulotlarni yo‘lini to‘sish mumkin bo‘ladi.2.
Yagona bojxona reyestri yaratish. Kelajakda YeOII yagona bojxona reyestri ham ishga tushiriladi. Hozir uning dasturiy ta’minoti ishlab chiqarilmoqda. U tayyor bo‘lgaindan so‘ng barcha davlatlar unga qo‘shilishi mumkin bo‘ladi.3.
Intellektual mulk onlayn qidiruv xizmatini yo‘lga qo‘yish. Ayni damda YeOIIda ro‘yxatdan o‘tgan barcha intellektual mulkning onlayn qidiruv xizmatini ishlab chiqmoqdamiz. Uning yordamida tadbirkorlar yango tovar belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazishi yoki mavjud belgilardan tijorat maqsadida foydalanishi mumkin bo‘ladi. 4.
Intellektual mulkni himoyalovchi YeOII shartnomasi tayyorlash. Biz ayni damda Ittifoq miqyosida internet tarmog‘ida intellektual mulk obyektlarini himoya qilish bo‘yicha shartnoma ustida faol ishlamoqdamiz. Elektron savdoning rivojlanishi bilan bu sohada qoidabuzarliklar soni ham keskin oshmoqda. Ushbu maqsadda biz YeOII a’zolari uchun yangi shartnoma tayyorladik. Unda intellektual mulk huquqi buzilish holati qayd etilganda, sud tomonidan ushbu internet resursni bloklash, noqonuniy mahsulotni uzatishda ishtirok etgan aloqa operatorlari, provayderlar uchun javobgarlik choralari ham nazarda tutilgan.“Antikontrafakt-2023” YeOII forumi
Sankt-Peterburgda 5-6 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Antikontrafakt-2023” YeOII doirasida soxta mahsulotlarga qarshi kurashga bag‘ishlangan forum bo‘lib o‘tadi. Forum mavzusi “Haqiqiylik madaniyati, soxta mahsulotlardan xoli hayot”.
Forumda muhokama qilinadigan asosiy mavzular:
Tovarlarni markalash va kuzatish;
Internet resurslarini blokirovka qilishning sud va suddan tashqari mexanizmlari;
Iste’molchilarning savodxonligini oshirish;
Rossiyada joriy etilgan “Chestniy znak” tajribasi bilan batafsil tanishish.
“Antikontrafakt-2023” forumiga nafaqat YeOII davlatlari vakillari, boshqa turli mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, biznes, ishlab chiqaruvchilar va intellektual mulk egalari ham jalb qilinadi.
Forum ishtirokchilariga soxta va qalbakilashtirilgan mahsulotlarga qarshi kurash mavzusida ko‘rgazma ham namoyish qilinadi.
O‘zbekiston bilan hamkorlik
2019 yilda O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi Rossiyaning Ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish markazi (SRPT) bilan respublikada ayrim tovarlarni raqamli markalashni joriy etish bo‘yicha memorandum imzolagan edi.
2021 yilda O‘zbekistonda Rossiya texnologiyasi asosida bosqichma-bosqich markalash joriy etildi: avvaliga sigaretalar va spirtli ichimliklar, keyin pivo, so‘ngra ayrim maishiy texnika, dori-darmon va boshqa tibbiy buyumlar.
2023 yilning 1-iyulidan boshlab ichimlik suvi va alkogolsiz ichimliklarni markalashni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirilgan edi, lekin ayrim sabablarga ko‘ra 2024-yilga qoldirildi.
Ayn damda O‘zbekiston va Rossiya farmatsevtika mahsulotlarining raqamli markirovka kodlarini o‘zaro tan olish arafasida turibdi. Mamlakatlar texnologik jihatdan bu jarayonga allaqachon tayyor, faqat ma’lum burokratik tartib-qoidalarni bajarish qolgan.