https://oz.sputniknews.uz/20230919/andijon-chinor-kesgan-fuqarolar-jazo-39103927.html
Andijonda 3 tup chinorni kesgan fuqarolarga jazo tayinlandi
Andijonda 3 tup chinorni kesgan fuqarolarga jazo tayinlandi
Sputnik O‘zbekiston
Andijon viloyati Izboskan tumanida 3 tup g‘arb chinori daraxtini kesgan fuqarolarga sud hukmi o‘qildi. Ma’lum qilinishicha, 4-aprel kuni A.A. va M.I. bu daraxtlarni go‘yoki yashash xonadoni uchun xavf tug‘dirayotgani va qurilish, ta’mirlash ishlariga xalal berayotganini ro‘kach qilib kesib tashlagan.Bu orqali o‘simlik dunyosiga 131 million 400 ming so‘mlik ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.
2023-09-19T17:25+0500
2023-09-19T17:25+0500
2023-09-19T17:25+0500
jamiyat
andijon viloyati
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
daraxt kesilishi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/13/39102676_183:59:1280:676_1920x0_80_0_0_6592afa10149dac7c8d61fea576a51e0.jpg
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Andijon viloyati Izboskan tumanida 3 tup g‘arb chinori daraxtini kesgan fuqarolarga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, 4-aprel kuni A.A. va M.I. bu daraxtlarni go‘yoki yashash xonadoni uchun xavf tug‘dirayotgani va qurilish, ta’mirlash ishlariga xalal berayotganini ro‘kach qilib kesib tashlagan.Bu orqali o‘simlik dunyosiga 131 million 400 ming so‘mlik ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.Holatni Ekologiya vazirligi xodimlari o‘rgangan va tegishli hujjatlar prokuraturaga yuborilgan. Prokuratura esa ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 18-sentabr kuni A.A. va M.I.ga sud hukmi o‘qildiUnga ko‘ra, uch tup g‘arb chinorini kesganlarning har biriga yetkazilgan zararni qoplash bilan birga 2-yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
andijon viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/13/39102676_265:47:1263:795_1920x0_80_0_0_4db34aa753f8295c6128c12d947fdc5a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
andijon daraxt kesish jazo
andijon daraxt kesish jazo
Andijonda 3 tup chinorni kesgan fuqarolarga jazo tayinlandi
Uch tup g‘arb chinorini kesganlarning har biriga 2-yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Bundan tashqari, ular yetkazilgan zararni qoplaydi.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Andijon viloyati Izboskan tumanida 3 tup g‘arb chinori daraxtini kesgan fuqarolarga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, 4-aprel kuni A.A. va M.I. bu daraxtlarni go‘yoki yashash xonadoni uchun xavf tug‘dirayotgani va qurilish, ta’mirlash ishlariga xalal berayotganini ro‘kach qilib kesib tashlagan.
Bu orqali o‘simlik dunyosiga 131 million 400 ming so‘mlik ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.
Holatni Ekologiya vazirligi xodimlari o‘rgangan va tegishli hujjatlar prokuraturaga yuborilgan. Prokuratura esa ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 18-sentabr kuni A.A. va M.I.ga sud hukmi o‘qildi
Unga ko‘ra, uch tup g‘arb chinorini kesganlarning har biriga yetkazilgan zararni qoplash bilan birga 2-yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.