Og‘ir atletika: Jo‘rayev va Nurudinov jahon chempionatida oltin va kumush medallarga ega chiqdi
© NOKAkbar Jo‘rayev hamda Ruslan Nurudinov -109 kg vazn toifasida oltin va kumush medallarga ega chiqdi
© NOK
Obuna bo‘lish
Olimpiada chempionlari Akbar Jo‘rayev hamda Ruslan Nurudinov -109 kg vazn toifasida oltin va kumush medallarga ega chiqdi.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Saudiya Arabistonida o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida Olimpiada chempionlari Akbar Jo‘rayev hamda Ruslan Nurudinov -109 kg vazn toifasida oltin va kumush medallarga ega chiqdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Dast ko‘tarishda 189 kg, siltab ko‘tarishda 227 kg va ikki kurashda 415 kg natija qayd etgan Jo‘rayev 2 ta oltin va 1 ta kumush medallarni qo‘lga kiritdi.
Dast ko‘tarish mashqidagi 180 kg Nurudinovni to‘rtinchi o‘rinda olib qoldi. O‘zbekistonlik sportchi siltab ko‘tarishda 226 kg bilan oltin medalni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, umumiy hisobdagi 407 kg unga kumush medalni keltirdi.
© NOKOlimpiyskie chempioni Akbar Djurayev i Ruslan Nurudinov zavoyevali zolotie i serebranie medali chempionata mira
Olimpiyskie chempioni Akbar Djurayev i Ruslan Nurudinov zavoyevali zolotie i serebranie medali chempionata mira
© NOK
Ikki kurashda bronza medali 403 (180+223) kg natija ko‘rsatgan ozarbayjonlik Dadash Dadashbayliga nasib etdi.
© NOKOlimpiyskie chempioni Akbar Djurayev i Ruslan Nurudinov zavoyevali zolotie i serebranie medali chempionata mira
Olimpiyskie chempioni Akbar Djurayev i Ruslan Nurudinov zavoyevali zolotie i serebranie medali chempionata mira
© NOK