O‘zbekistonlik talabalar Dubayda o‘tkazilgan tanlovda g‘olib chiqishdi

© Ministerstvo sifrovix texnologiy respubliki UzbekistanO‘zbekistonlik talabalar Dubayda o‘tkazilgan tanlovda g‘olib chiqishdi
O‘zbekistonlik talabalar Dubayda o‘tkazilgan tanlovda g‘olib chiqishdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2023
Obuna bo‘lish
Endilikda “Techno Mind” jamoasi TECH4GOOD global tanlovining final bosqichida qatnashadi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik “Seeds for the future” ta’lim dasturi ishtirokchilari Dubayda bo‘lib o‘tgan mintaqaviy TECH4GOOD tanlovida g‘olib chiqdi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.
O‘zbekistonlik sakkiz nafar talabadan iborat “Techno Mind” jamoasi “Aquatibia” loyihasini taqdim etgan holda TECH4GOOD eng yaxshi loyihasi tanlovida birinchi o‘rinni egalladi.
Dubay shahrida 14-sentabr kuni Huawei Seeds For The Future flagman ta’lim dasturining ikkinchi bosqichi doirasida mintaqaviy tanlovning finali bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Ozarbayjon, Iordaniya, Qozog‘iston, Qatar, Mo‘g‘uliston va BAAdan 6 ta jamoa bilan bir qatorda O‘zbekiston jamoasi ham ishtirok etdi.
“Loyihada Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent shahridagi Amiti universiteti, Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti va Yangi O‘zbekiston universiteti talabalari g‘olib deb topildi”, - deyiladi xabarda.
Endilikda jamoa TECH4GOOD global tanlovining final bosqichida qatnashadi. Final bosh sovrini – 100 000 dollarga teng. Ular butun dunyo bo‘ylab boshqa jamoalar qatorida Xitoyda bo‘lib o‘tadigan yakuniy global musobaqada qatnashadi.
Ma’lumot uchun, "Seeds For The Future flagman" - butun dunyo bo‘ylab AKT bo‘yicha iste’dodlarni rivojlantirishga qaratilgan asosiy ta’lim dasturidir. Dastur davomida ishtirokchilar ilg‘or AKT texnologiyalari, ilmiy va texnologik yetakchilik, global mavzular bo‘yicha munozaralar va boshqalar kabi mavzularda intensiv treninglar va seminarlarda ishtirok etishadi.
Ta’lim va tajriba almashish orqali ishtirokchilar 5G, sun’iy intellekt va bulutli texnologiyalar haqida yaxshiroq tushunchaga ega bo‘ladilar, kelajakda o‘sish uchun ko‘proq imkoniyatlarni ochadilar va mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshiradilar.
TECH4GOOD tanlovi raqamli texnologiyalar va yechimlarni qabul qilish orqali yoshlarni o‘z jamoalarida ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga jalb etishga qaratilgan.
Yangiliklar lentasi
0