Tibbiy yordam: imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar ro‘yxati kengaytirildi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishVrach-travmatolog smotrit na rentgenovskiy snimok
Vrach-travmatolog smotrit na rentgenovskiy snimok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2023
Obuna bo‘lish
Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxatiga halok bo‘lgan harbiy xizmatchilari va xodimlarining oila a’zolari va farzandlari kiritildi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbekistonda davlat hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxati kengaytirildi. 13-sentabr kuni imzolangan prezident farmoni bilan ayrim hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Shunga ko‘ra, davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxatiga quyidagilar kiritildi:
Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qo‘mitasi va Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazining Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilari va xodimlarining oila a’zolari (ota-onasi, halok bo‘lgan vaqtda qonuniy nikohda bo‘lgan xotini (eri) va farzandlari).
Shuningdek, O‘zbekiston Qurolli kuchlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga (xodimlariga) yoki halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila a’zolariga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan ko‘shimchaga ko‘ra:
- Harbiy xizmatchi (xodim) Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lganda, uning oila a’zolariga marhumning asosiy egallagan lavozimi bo‘yicha maoshi (oliy harbiy-ta’lim muassasasi kursanti, tinglovchisi stipendiyasi) va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yig‘indisining 150 barobari miqdorida nafaqa tayinlanadi.
Mazkur nafaqa 2023-yil 1-apreldan keyingi davrda halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila a’zolariga to‘lanadi.
Yangiliklar lentasi
0