https://oz.sputniknews.uz/20230914/aliya-yunusova-bolalar-ombudsmani-38922422.html
Aliya Yunusova bolalar ombudsmani lavozimini tark etayotganini ma’lum qildi
Aliya Yunusova bolalar ombudsmani lavozimini tark etayotganini ma’lum qildi
Sputnik O‘zbekiston
Aliya Yunusova (1961 yilda tug‘ilgan) — ish faoliyatini Toshkent davlat tibbiyot institutida (1983−1989 yillarda) o‘qituvchilikdan boshlagan. Yunusova 2005−2020 yillarda — uchinchi chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan. 2020-yil fevralidan buyon Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili sifatida ishlab kelayotgan edi.
2023-09-14T13:09+0500
2023-09-14T13:09+0500
2023-09-14T13:09+0500
siyosat
aliya yunusova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/04/19950770_0:7:3073:1735_1920x0_80_0_0_fb291de7d86fc3c3d9cc5657561447a3.jpg
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili (bolalar ombudsmani) Aliya Yunusova lavozimini tark etayotganini ma’lum qildi.Yunusova bolalar huquqlarini ta’minlash va himoya qilishning xalqaro standartlarga mos mustahkam tizimini shakllantirishda hamkorlik qilgan, qo‘llab-quvvatlagan, hissa qo‘shgan, ishongan va birga faoliyat yuritgan barchadan minnatdor ekanini ma’lum qilgan."YuNISEF huzuridagi Bolalar jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzoda va uning jamoasiga bolalar manfaatlariga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlagani va ilgari surayotgani uchun alohida tashakkur bildiraman", - deya yozgan Yunusova.U 2020-yil fevralidan buyon bu lavozimda ishlab kelayotgan edi.Aliya Yunusova (1961 yilda tug‘ilgan) — ish faoliyatini Toshkent davlat tibbiyot institutida (1983−1989 yillarda) o‘qituvchilikdan boshlagan. U turli yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Mo‘minov nomli falsafa va huquq institutida aspirant (1989−1999), kichik ilmiy xodim, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada I darajali mutaxassis (1991−1993), bosh mutaxassis, inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy markazida bo‘lim mudiri (1999−2005) lavozimlarida mehnat qilgan. Yunusova 2005−2020 yillarda — uchinchi chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan.O‘zbekistonda bola huquqlari bo‘yicha vakil instituti 2019-yil aprelida Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakilining o‘rinbosari sifatida joriy etilgan, 2021-yil avgustida ombudsman tarkibidan chiqarilib, Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili instituti sifatida mustaqil institutga aylangan edi.Bola huquqlari bo‘yicha vakil o‘z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga tobe bo‘lmagan tarzda bajaradi. Bola huquqlari bo‘yicha vakil O‘zbekiston Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan 5-yil muddatga saylanadi. Mazkur lavozimga esa nomzodni prezident tavsiya etadi.
https://oz.sputniknews.uz/20200521/Ilk-sinov-va-zhiddiy-muammolar-bolalar-ombudsmani-bilan-eksklyuziv-intervyu-14179407.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/04/19950770_159:0:2890:2048_1920x0_80_0_0_d55b1992fea00acfb2676e9e95bd4da1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aliya yunusova bolalar ombudsmani liy majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili (bolalar ombudsmani) ma’lumot iste’fo lavozim
aliya yunusova bolalar ombudsmani liy majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili (bolalar ombudsmani) ma’lumot iste’fo lavozim
Aliya Yunusova bolalar ombudsmani lavozimini tark etayotganini ma’lum qildi
2020 yil fevralidan buyon Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili sifatida ishlab kelgan Aliya Yunusova lavozimidan ketishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili (bolalar ombudsmani) Aliya Yunusova lavozimini tark etayotganini ma’lum qildi.
"Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, men bolalar huquqlari bo‘yicha vakil sifatidagi faoliyatimni to‘xtatayotganimni ma’lum qilaman. Muhtaram prezident Shavkat Mirziyoyevga bola huquq va manfaatlarini ta’minlash, yosh avlodning har tomonlama barkamol voyaga yetishi, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor qaratayotgani uchun minnatdorchilik bildiraman", — deb yozdi u o‘zining ijtimoiy tarmoqlaridagi
sahifasida.Yunusova bolalar huquqlarini ta’minlash va himoya qilishning xalqaro standartlarga mos mustahkam tizimini shakllantirishda hamkorlik qilgan, qo‘llab-quvvatlagan, hissa qo‘shgan, ishongan va birga faoliyat yuritgan barchadan minnatdor ekanini ma’lum qilgan.
"YuNISEF huzuridagi Bolalar jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzoda va uning jamoasiga bolalar manfaatlariga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlagani va ilgari surayotgani uchun alohida tashakkur bildiraman", - deya yozgan Yunusova.
U 2020-yil fevralidan buyon bu lavozimda ishlab kelayotgan edi.
Aliya Yunusova (1961 yilda tug‘ilgan) — ish faoliyatini Toshkent davlat tibbiyot institutida (1983−1989 yillarda) o‘qituvchilikdan boshlagan. U turli yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Mo‘minov nomli falsafa va huquq institutida aspirant (1989−1999), kichik ilmiy xodim, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada I darajali mutaxassis (1991−1993), bosh mutaxassis, inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy markazida bo‘lim mudiri (1999−2005) lavozimlarida mehnat qilgan. Yunusova 2005−2020 yillarda — uchinchi chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan.
O‘zbekistonda bola huquqlari bo‘yicha vakil instituti 2019-yil aprelida Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakilining o‘rinbosari sifatida joriy etilgan, 2021-yil avgustida ombudsman tarkibidan chiqarilib, Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili instituti sifatida mustaqil institutga aylangan edi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil o‘z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga tobe bo‘lmagan tarzda bajaradi. Bola huquqlari bo‘yicha vakil O‘zbekiston Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan 5-yil muddatga saylanadi. Mazkur lavozimga esa nomzodni prezident tavsiya etadi.