https://oz.sputniknews.uz/20230913/evropa-aqsh-rossiya-38855036.html
“O‘ta ahmoqona”. Yevropada AQShning Rossiyaga “maxfiy yordamini” fosh qilishdi
“O‘ta ahmoqona”. Yevropada AQShning Rossiyaga “maxfiy yordamini” fosh qilishdi
Sputnik O‘zbekiston
AQSh Ukrainadagi manfaatlariga zid harakat qilib, Rossiyaga dunyoda muqobil ittifoq tuzishga yordam bermoqda. Bu fikrni Niderlandiyaning "Demokratiya uchun forum" (FVD) partiyasi yetakchisi Tyerri Bode Serbiyaning “Novi Standart” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
2023-09-13T12:03+0500
2023-09-13T12:03+0500
2023-09-13T12:03+0500
aqsh
rossiya
ukraina
dunyoda
dunyo yangiliklari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/16/14599170_0:29:3030:1733_1920x0_80_0_0_9aae4bf32204b9cb94a7ed73799bb202.jpg
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. AQSh Ukrainadagi manfaatlariga zid harakat qilib, Rossiyaga dunyoda muqobil ittifoq tuzishga yordam bermoqda. Bu fikrni Niderlandiyaning "Demokratiya uchun forum" (FVD) partiyasi yetakchisi Tyerri Bode Serbiyaning “Novi Standart” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.“Amerika imperiyasi dunyoda Amerika hukmronligining qulashini tezlashtirmoqda va Ukrainadagi qurolli mojaro bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Bu mojaro AQSh manfaatlariga ham, Yevropa manfaatlariga ham va ukrainaliklar manfaatiga ham to‘g‘ri kelmaydi. Axir u yerda kuniga minglab Ukraina fuqarolari nobud bo‘lmoqda. Vaziyat Rossiyaga dunyoda muqobil ittifoq tuzishga yordam bermoqda. Xullas, bu juda ahmoqlik”, — deydi Bode.Uning tushuntirishicha, 1945-yildan keyin tuzilgan Amerika imperiyasi o‘zining asl maqsadidan chetlashib, barcha yo‘nalishlarini yo‘qotgan. Siyosatchining qo‘shimcha qilishicha, shu sabablar tufayli AQSh o‘ziga o‘zi qarshi ishlamoqda va Amerikaning dunyodagi hukmronligi qulashini tezlashtirmoqda.Avvalroq Bode AQSh Ukrainani kam boyitilgan uran o‘q-dorilari bilan ta’minlash qarori orqali o‘zini yadroviy eskalatsiya yo‘liga qo‘yganini ta’kidlagan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20230911/rossiya-aqsh-nato-mojaro-galaba-38775199.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/16/14599170_149:0:2880:2048_1920x0_80_0_0_d65cf578c58fbf64a502e98f96c2e98a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yevropa aqsh rossiya
“O‘ta ahmoqona”. Yevropada AQShning Rossiyaga “maxfiy yordamini” fosh qilishdi
Niderlandiyalik deputatning ta’kidlashicha, AQSh o‘ziga o‘zi qarshi ishlamoqda va Amerikaning dunyodagi hukmronligi qulashini tezlashtirmoqda.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. AQSh Ukrainadagi manfaatlariga zid harakat qilib, Rossiyaga dunyoda muqobil ittifoq tuzishga yordam bermoqda. Bu fikrni Niderlandiyaning "Demokratiya uchun forum" (FVD) partiyasi yetakchisi Tyerri Bode Serbiyaning “Novi Standart” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Amerika imperiyasi dunyoda Amerika hukmronligining qulashini tezlashtirmoqda va Ukrainadagi qurolli mojaro bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Bu mojaro AQSh manfaatlariga ham, Yevropa manfaatlariga ham va ukrainaliklar manfaatiga ham to‘g‘ri kelmaydi. Axir u yerda kuniga minglab Ukraina fuqarolari nobud bo‘lmoqda. Vaziyat Rossiyaga dunyoda muqobil ittifoq tuzishga yordam bermoqda. Xullas, bu juda ahmoqlik”, — deydi Bode.
Uning tushuntirishicha, 1945-yildan keyin tuzilgan Amerika imperiyasi o‘zining asl maqsadidan chetlashib, barcha yo‘nalishlarini yo‘qotgan. Siyosatchining qo‘shimcha qilishicha, shu sabablar tufayli AQSh o‘ziga o‘zi qarshi ishlamoqda va Amerikaning dunyodagi hukmronligi qulashini tezlashtirmoqda.
Avvalroq Bode AQSh Ukrainani kam boyitilgan uran o‘q-dorilari bilan ta’minlash qarori orqali o‘zini yadroviy eskalatsiya yo‘liga qo‘yganini ta’kidlagan edi.