Rubl, migrantlar, saylov: Putinning Sharqiy iqtisodiy forumdagi nutqidan asosiy fikrlar
14:38 12.09.2023 (yangilandi: 14:48 12.09.2023)
© Sputnik / Aleksey Danichev
/ Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Sharqiy iqtisodiy forumida nutq so‘zladi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forumi yalpi majlisida nutq so‘zlab, savollarga javob berdi.
Rossiya rahbarining asosiy bayonotlarini quyida keltiramiz.
Biznesmenlarga murojaat
Vladimir Putin kapitallarni Rossiyaga kiritish ishonchliroq va yaxshiroq ekanini ta’kidladi.
“Ko‘plari ayrim hamkorlar tomonidan muayan bosimga duch kelgan tadbirkorlarimizga murojaat qilgan edim. Bugun yana bir bor takrorlamoqchiman: Rossiyaga kapital kiritish albatta ishonchliroq va yaxshiroq. Biz kapitallarga nima bo‘layotgani, ular qayerga harakatlanayotganini ko‘rib turibmiz. Bir xatoni qayta takrorlamang”, - dedi Rossiya rahbari.
U tadbirkorlarni sarmoyalarini xoh yirik, xoh kichik bo‘lsin, mamlakatdagi loyihalarga kiritishga chaqirdi.
Rubl kursi
Rossiya yetakchisi rubl kursi bilan bog‘liq masalada hal etib bo‘lmaydigan muammo yo‘qligini qayd etdi.
“Bu, albatta, Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki va hukumatining sinchkovlik bilan tadqiqot o‘tkazishini talab etadi. Biroq men bunda bartaraf etib bo‘lmaydigan muammo va qiyinchiliklar yo‘q deb o‘ylayman”, - dedi Putin.
Rossiya rahbari rubl kursi masalasini hal etishda hech kim hech qanday keskin xatti-harakat qilmasligini qo‘shimcha qildi. MBning asosiy stavkani ko‘tarish qarori inflyatsiya xatarlarini kamaytirishga bog‘liq bo‘lgan.
Bu haqda gapirish hali erta
Putin bo‘lajak prezident saylovida uning nomzodi ilgari surilishi mumkinligi yoki yo‘qligini haqidagi suhbatni yil oxirigacha qoldirdi.
“Qonunga binoan, parlament yil oxiriga qadar qaror qabul qilishi kerak. Qaror qabul qilinsa, saylovlar haqida e’lon qilinsa, sanasi aytilsa, o‘shanda gaplashamiz”, - dedi Putin.
Migrantlar haqida
Putin migrantlar oqimi masalasiga ehtiyotkorlik bilan yondashish zarurligni ta’kidladi. U Rossiya iqtisodiyoti migrantlarga muhtojligini aytdi, ammo agar yangi texnologiyalar joriy etilsa, migrantlarning katta oqimi kerak bo‘lmasligi ham mumkin.
G‘arb moliyaviy munosabatlar tizimini barbod qilmoqda
Putinning so‘zlariga ko‘ra, dunyo iqtisodiyoti o‘zgarishda davom etmoqda, bunga asosiy sabablardan biri G‘arb moliyaviy munosabatlar tizimini barbod qilayotgani.
Prezident buning ortidan biror bir tashqi bosimga yon bermaydigan, o‘z milliy manfaatlari ko‘zlaydigan davlatlarning iqtisodiy hamkorligini kengayib borayotganini qayd etdi.
AQSh va uning siyosati
Putin Qo‘shma Shtatlar o‘z ittifoqchilari va hamkorlariga bosim o‘tkazayotganini ta’kidladi. Ularning do‘stlari yo‘q, faqat o‘z manfaatlari bor.
“Ular o‘z ittifoqchilari, o‘z hamkorlariga bosim o‘tkazishapti, ularning do‘stlari yo‘q, ularning faqat o‘z manfaati bor. Bu britancha formulaning davomi”, - dedi Rossiya rahbari AQSh siyosati haqida gapirayotib.
Ukrainaning o‘xshamagan qarshi hujumi va muzokaralar
Putin Ukraina qarshi hujumining natijasi yo‘qligini ma’lum qildi. Ukraina qarshi hujum qilaman deb 71 ming kishisini yo‘qotgan. Bundan tashqari, Ukraina Qurolli kuchlari 543 ta tanki, 18 mingta turli zirhli mashinasidan ayrilgan.
Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga yangi qurol-yarog‘, jumladan, kassetali o‘q-dori, kam boyitilgan snarad va F-16 qiruvchilarini yetkazib berish frontdagi vaziyatni o‘zgartirmaydi.
Putinning ta’kidlashicha, Ukrainada Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazishni taqiqlash to‘g‘risidagi farmonni bekor qilish muloqot uchun birinchi qadam bo‘lishi mumkin.
“Agar Qo‘shma Shtatlar Ukraina muzokaralarga tayyor deb hisoblasa, unda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning muzokaralar o‘tkazishni taqiqlovchi farmonini bekor qilishsin”, - dedi Rossiya yetakchisi.
Putin dushman qarshi hujum olib borayotgan ekan, Rossiya jangovar harakatlarni to‘xtata olmasligini ta’kidladi.