YeOII kelajakda raqamli valyutalarga o‘tish istiqboli juda yuqori — akademik Glazyev
YeOII kelajakda raqamli valyutalarga o‘tish istiqboli juda yuqori — akademik Glazyev
Sputnik O‘zbekiston
YeOII davlatlari kelajakda o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalarning raqamli shakliga o‘tish istiqboli juda yuqori, dedi Glazyev. 12.09.2023, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) bugungi kunda o‘zaro savdo-sotiqda milliy valyutalarda hisob kitob hajmi 83 foizni tashkil etdi. Kelajakda ushbu hisob-kitoblar raqamli valyutalarda amalga oshirilishi mumkin. Bu haqda YeIK integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Sergey Glazyev ma’lum qildi. Olimning Vladivostokda bo‘lib o‘tayotgan Sharqiy iqtisodiy forum — VEF-2023 doirasida “Katta Yevroosiyo: muqobil xalqaro valyuta-moliya tizimini shakllantirishning asosiy kuchlari” sessiyasida so‘zlagan nutqiga ko‘ra, kelajakda xalqaro hisob-kitoblarda raqamli valyutalardan foydalanishga istiqboli juda yuqori. Shuningdek, Yevroosiyo Iqtisodiy komissiyasi vaziri asosiy xom ashyo narxlarini belgilash masalalariga e’tibor qaratdi va bu sohalarda YeOII ushbu tovarlarning Yevroosiyo hududidagi umumiy birja makonini shakllantirishga harakat qilayotganiga e’tibor qaratdi.
YeOII davlatlari kelajakda o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalarning raqamli shakliga o‘tish istiqboli juda yuqori, dedi Glazyev.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) bugungi kunda o‘zaro savdo-sotiqda milliy valyutalarda hisob kitob hajmi 83 foizni tashkil etdi. Kelajakda ushbu hisob-kitoblar raqamli valyutalarda amalga oshirilishi mumkin. Bu haqda YeIK integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Sergey Glazyev ma’lum qildi.
Olimning Vladivostokda bo‘lib o‘tayotgan Sharqiy iqtisodiy forum — VEF-2023 doirasida “Katta Yevroosiyo: muqobil xalqaro valyuta-moliya tizimini shakllantirishning asosiy kuchlari” sessiyasida so‘zlagan nutqiga ko‘ra, kelajakda xalqaro hisob-kitoblarda raqamli valyutalardan foydalanishga istiqboli juda yuqori.
“Milliy valyutalarning raqamli shaklida to‘lovlarni yanada rivojlantirish — bu kelajakda juda istiqbolli yo‘nalishdir. Agar dunyoning yetakchi davlatlari yoki hech bo‘lmaganda BRIKS mamlakatlari o‘z milliy valyutalarining ma’lum qismini raqamli shaklda muomalaga chiqarishga rozi bo‘lsa, raqamli birjalarda bir necha brokerlar ushbu valyutalarni holatiga keltiradi va biz ulardan foydalanishimiz mumkin. O‘ylaymanki, kelajakda shunday bo‘ladi”, — dedi Sergey Glazyev.
Shuningdek, Yevroosiyo Iqtisodiy komissiyasi vaziri asosiy xom ashyo narxlarini belgilash masalalariga e’tibor qaratdi va bu sohalarda YeOII ushbu tovarlarning Yevroosiyo hududidagi umumiy birja makonini shakllantirishga harakat qilayotganiga e’tibor qaratdi.
Raqamli rubl
Ma’lumot uchun, Rossiyada raqamli rublni sinovdan o‘tkazish 2023-yilning avgust oyidan boshlangan edi. Rossiya banki raqamli rubl bilan bog‘liq barcha texnik va tashkiliy ishlarni 2023-yilning oxiriga qadar yakunlashni rejalashtirgan.
Raqamli rubl quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:
* Raqamli rubl - alohida valyuta emas, u milliy valyutaning uchinchi shakli.
* Raqamli rubldan faqat to‘lov vositasi sifatida foydalanish mumkin.
* Raqamli rublda jismoniy shaxsda faqat bitta hisob raqami bo‘ladi.
* Raqamli rublda kredit olish, keshbek yoki foiz to‘lash bo‘lmaydi.
* Raqamli rubl, kriptovalyutadan farqli o‘laroq, faqat MB tomonidan chiqariladi va barcha operatsiyalar MB tomonidan nazorat qilinadi.
* Raqamli rubl kelajakda eng xavfsiz to‘lov vositasiga aylanadi.
* Rossiyada raqamli rublning keng ko‘lamli emissiyasi 2025-yildan boshlanishi kutilmoqda.