https://oz.sputniknews.uz/20230911/sobyanin-moskva-shahri-merligiga-saylovlarda-etakchilik-qilmoqda-38757505.html
Moskva shahri meri saylovida Sobanin yetakchilik qilmoqda
Moskva shahri meri saylovida Sobanin yetakchilik qilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, uchastka saylov komissiyalari bayonnomalarining 95 foizdan ortig‘ini ko‘rib chiqildi va Sobanin Moskva meri saylovida 76,38 foiz ovoz oldi.
2023-09-11T11:51+0500
2023-09-11T11:51+0500
2023-09-11T13:12+0500
sergey sobanin
moskva
rossiya
saylov natijalari
saylovlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0b/38767173_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_6494f6975417d11b562ae84553d6b5e9.png
TOShKENT, 11 sen – Sputnik. Rossiya Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, uchastka saylov komissiyalari bayonnomalarining 95 foizdan ortig‘ini ko‘rib chiqildi va Sobanin Moskva meri saylovida 76,38 foiz ovoz oldi.Keyingi o‘rinlarda Moskva shahar dumasi deputati Leonid Zuganov – 8,12 foiz va Davlat dumasi vitse-spikeri Boris Chernishov – 5,63 foiz. Ularni mos ravishda 263 029 va 182 339 saylovchi qo‘llab-quvvatlagan.Shuningdek, “Yangi odamlar” (“Novie lyudi”) partiyasidan Davlat dumasi vitse-spikeri Vladislav Davankov 173 085 ta ovoz, 5,35 foiz ovoz oldi. Davlat dumasidagi “Adolatli Rossiya – Patriotlar – Haqiqat uchun” (“Spravedlivaya Rossii — Patrioti — Za pravdu”) fraksiyasi raisi birinchi o‘rinbosari Dmitriy Gusev 127 536 nafar ovoz oldi, bu 3,94 foizni tashkil etadi.Sobaninning o‘zi ta’kidlaganidek, bu yil moskvaliklar shahar rahbari saylovida kuchli faollik ko‘rsatdi. U saylovchilarga hamda shtab a’zolari, faollar va ishonchli vakillarga minnatdorchilik bildirdi va boshqarayotgan shaharni “bundan ham yaxshiroq, go‘zalroq va butun jahonda eng ilg‘or” bo‘lishi uchun bor kuchini sarflashga va’da berdi.Moskva shahar saylov komissiyasining xabar berishicha, jami 3,2 milliondan ortiq poytaxt aholisi ovoz berishda qatnashgan, bu saylovchilarning taxminan 50 foizini tashkil qiladi.Rossiyaning aksariyat hududlarida saylovlar 8-10 sentabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Moskvada Troisk va Novaya Moskva ma’muriy okruglarining (TiNAO) 13 ta munitsipalitetida mer va deputatlar saylandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0b/38767173_186:3:1037:642_1920x0_80_0_0_d93722657361e9794f088b6a6529b9ba.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sobanin moskva shahri mer saylov
sobanin moskva shahri mer saylov
Moskva shahri meri saylovida Sobanin yetakchilik qilmoqda
11:51 11.09.2023 (yangilandi: 13:12 11.09.2023) Rossiyaning aksariyat hududlarida saylovlar 8-10 sentabr kunlari bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 11 sen – Sputnik. Rossiya Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, uchastka saylov komissiyalari bayonnomalarining 95 foizdan ortig‘ini ko‘rib chiqildi va Sobanin Moskva meri saylovida 76,38 foiz ovoz oldi.
“Sobanin Sergey Semonovich, ovozlar soni - 2 473 120, 76,38 foiz”, - deyiladi saylov komissiyasi ma’lumotlarida.
Keyingi o‘rinlarda Moskva shahar dumasi deputati Leonid Zuganov – 8,12 foiz va Davlat dumasi vitse-spikeri Boris Chernishov – 5,63 foiz. Ularni mos ravishda 263 029 va 182 339 saylovchi qo‘llab-quvvatlagan.
Shuningdek, “Yangi odamlar” (“Novie lyudi”) partiyasidan Davlat dumasi vitse-spikeri Vladislav Davankov 173 085 ta ovoz, 5,35 foiz ovoz oldi. Davlat dumasidagi “Adolatli Rossiya – Patriotlar – Haqiqat uchun” (“Spravedlivaya Rossii — Patrioti — Za pravdu”) fraksiyasi raisi birinchi o‘rinbosari Dmitriy Gusev 127 536 nafar ovoz oldi, bu 3,94 foizni tashkil etadi.
Sobaninning o‘zi ta’kidlaganidek, bu yil moskvaliklar shahar rahbari saylovida kuchli faollik ko‘rsatdi. U saylovchilarga hamda shtab a’zolari, faollar va ishonchli vakillarga minnatdorchilik bildirdi va boshqarayotgan shaharni “bundan ham yaxshiroq, go‘zalroq va butun jahonda eng ilg‘or” bo‘lishi uchun bor kuchini sarflashga va’da berdi.
Moskva shahar saylov komissiyasining xabar berishicha, jami 3,2 milliondan ortiq poytaxt aholisi ovoz berishda qatnashgan, bu saylovchilarning taxminan 50 foizini tashkil qiladi.
Rossiyaning aksariyat hududlarida saylovlar 8-10 sentabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Moskvada Troisk va Novaya Moskva ma’muriy okruglarining (TiNAO) 13 ta munitsipalitetida mer va deputatlar saylandi.