Milliy "Lazgi" baletining Moskva premyerasi qanday o‘tdi — video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
“Lazgi. Qalb va muhabbat raqsi" baleti Moskva Katta teatrning tarixiy sahnasida namoyish etildi. Milliy baletning Moskva premyerasi qanday o‘tdi - bizning materialimizda.
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Moskvadagi Bolshoy teatrining tarixiy sahnasida Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik Katta teatri san’atkorlari ijrosidagi.“Lazgi. Qalb va muhabbat raqsi” milliy baleti namoyish etildi.
O‘zbek balet raqqosalari uchun bu spektakl ayniqsa muhim edi: barcha san’atkorlar Moskvadagi Katta teatr sahnasiga chiqishni orzu qiladi.
“Bu biz uchun juda muhim, o‘ta mas’uliyatli, biz hammamiz hayajondamiz, bu Moskvadagi tomoshabinlariga yoqadi va biz ularing qalbini maftun etamiz deb umid qilaman”, - dedi spektakl oldidan bosh rollardan biri ijrochisi Radion Isanov.
Spektakl ancha murakkab: xoreografiya mumtoz va zamonaviy balet hamda folklor elementlari – mashhur Xorazm lazgi raqsini o‘zida mujassam etgan. Har bir asosiy rolning o‘ziga xos xususiyati bor edi.

“Baletdagi "Qalb" roli – tasavvur qilib bo‘lmaydigan narsa, siz vaznsiz, jismonan mavjud bo‘lmasligingiz kerak, lekin shu bilan birga, sizning iliqligingizni hamma his qilishi kerak, – deydi ushbu rol ijrochisi, balerina Nodira Hamrayeva.

Baletning Moskva premyerasi katta shov-shuv bilan o‘tdi. Katta teatrning ulkan zali tomoshabinlarga liq to‘la edi. Klassik balet va folklor raqs elementlari, milliy cholg‘u asboblar, Xorazm lazgi raqsi jozibasi va aql bovar qilmas yorug‘lik partituralarini o‘zida mujassam etgan murakkab spektakl talabchan Moskva tomoshabinlarida ham katta taassurot qoldirdi. San’atkorlarni olqishlar va "Bravo!" degan hayqiriqlar bilan sahnadan kuzatib qo‘yishdi.

“Men, darhaqiqat, juda katta taassurot ostidaman. O‘zbekiston milliy baletining ajoyib truppasi, mutlaqo betakror ssenografiya, yorug‘lik, musiqa. Bu qalb va muhabbat raqsi juda yorqin, chuqur va ayni paytda unga milliy o‘ziga xoslik ham singib ketgan", - dedi Rossiya Federatsiya Kengshi spikeri Valentina Matviyenko spektakldan keyin jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, "Lazgi" baleti g‘oyasi muallifi O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva edi. U ham Moskvaga keldi. Saida Mirziyoyeva spektakldan oldin Valentina Matviyenko bilan uchrashdi.
Federatsiya Kengashi raisi A.Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrini ushbu spektakl bilan Rossiyaga yana kelishga va "Lazgi"ni nafaqat Moskvada, balki boshqa viloyatlarda ham namoyish etishni taklif qildi.

"Biz "Lazgi" baleti Rossiyaga, albatta, yana qaytishiga kelishib oldik. Balki nafaqat Moskvaga, men uni Sankt-Peterburgga Mariinskiy teatriga va boshqa viloyatlarga ham kelishini juda xohlayman. Bu haqda Saida Shavkatovna bilan gaplashdik va umid qilamanki, bu ishni davom ettiramiz", - dedi u.

2019 yilda YuNESKO tomonidan Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan an’anaviy "Xorazm Lazgi" raqsi bugun yangicha talqinga ega bo‘ldi.
Mualliflar ilg‘or sahna texnologiyalarini Xorazm raqsining o‘ziga xosligi bilan uyg‘unlashtirgan holda yaxlit kompozitsiya yaratishga qaror qilishdi.
Mazkur asar O‘zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan tashkil etilgan. Teatr durdonasini yaratish ustida ishlash uchun xalqaro professionallar jamoasi taklif qilindi. Liboslari ustida taniqli rus dizayneri Frol Burimskiy ishlagan.
Spektakl premyerasi o‘tgan yilning sentabr oyida Navoiy davlat katta teatri sahnasida bo‘lib o‘tgan edi. Spektaklning Rossiya premyerasi 7-iyun kuni Sankt-Peterburgdagi Aleksandrinskiy teatrida bo‘lib o‘tdi.
"Lazgi" baletining premyeralari Dubay va Istanbulda ham bo‘lib o‘tgan.
Yangiliklar lentasi
0