Kim Chen In Rossiyaga tashrif buyuradi

© Press-slujba Administratsii Primorskogo kraya / Mediabankka o‘tishLider KNDR Kim Chen In. Arxivnoe foto
Lider KNDR Kim Chen In. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2023
Obuna bo‘lish
Kim Chen In 2019-yil aprelida Rossiyaga tashrif buyurgan edi.
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) yetakchisi Kim Chen In Rossiyaga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
“RF prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi davlat ishlari raisi Kim Chen In yaqin kunlarda rasmiy tashrif bilan RFga keladi”, - deyilgan xabarda.
Shimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligining yozishicha, Kim Chen In tashrif davomida Rossiya rahbari bilan uchrashadi va muzokaralar o‘tkazadi.
Kim Chen In 2019-yil aprelida Rossiyaga tashrif buyurgan edi. O‘shanda Vladivostokda Putin bilan uchrashib, muzokaralar o‘tkazgan edi. Bu davlat rahbarlarining birinchi uchrashuvi edi.
Yangiliklar lentasi
0