https://oz.sputniknews.uz/20230911/gaz-zapravka-narxlar-cheklash-38764401.html
“Gaz zapravka”larda narxlarni cheklash rejalashtirilmoqda
“Gaz zapravka”larda narxlarni cheklash rejalashtirilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
zbekistondagi gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida gaz uchun maksimal narx belgilash rejalashtirilmoqda. Tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi kelgusi olti oyda kub metr uchun 3 250 so‘mdan oshib ketmasligi bo‘yicha qat’iy choralar ko‘riladi.
2023-09-11T12:36+0500
2023-09-11T12:36+0500
2023-09-11T12:36+0500
iqtisod
gaz
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/11/26261870_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_b6d5d0fe9559d7f68a58b7bf94fa384c.jpg
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. O‘zbekistondagi gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida gaz uchun maksimal narx belgilash rejalashtirilmoqda. Hukumatning tegishli qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.Qaror bilan joylardagi "gaz zapravka"larda narxlar keskin ko‘tarilib ketishining oldini olish choralari ko‘rilishi rejalashtirilmoqda.Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, Soliq qo‘mitasi va "O‘zneftgaz" inspeksiyasiga o‘rnatilgan gaz hisoblash uskunalarining Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimiga to‘liq ulanganligini va onlayn rejimda ma’lumotlar uzatilayotganligini qat’iy nazorat qilish vazifasini yuklash ko‘zda tutilmoqda.Ular noqonuniy ulanish, yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilish va noqonuniy iste’mol qilishning boshqa holatlarini, shuningdek, ularni sodir etishga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish va oldini olish bo‘yicha nazorat tadbirlarini yanada kuchaytirishlari kerak bo‘ladi.“Tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi kelgusi olti oyda kub metr uchun 3 250 so‘mdan oshib ketmasligi bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rsin”, - deyilgan qarorda.Onlayn rejimda ma’lumotlar uzatmayotgan, chakana sotishda cheklangan narxning asossiz oshirilishiga, noqonuniy ulanishga, yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj va noqonuniy iste’mol qilinishiga yo‘l qo‘ygan "zapravka"larga esa tabiiy gaz yetkazib berish to‘xtatilishi ko‘zda tutilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/11/26261870_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_52f4cbf555f5ccf4455d86e50bed28cd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
gaz narx cheklov o‘zbekiston qaror maksimal narx
gaz narx cheklov o‘zbekiston qaror maksimal narx
“Gaz zapravka”larda narxlarni cheklash rejalashtirilmoqda
Kelgusi olti oyda gaz to‘ldirish shoxobchalarida tabiiy gazning maksimal chakana narxi 1 kubometr uchun 3250 so‘mdan oshmasligi uchun chora ko‘riladi.
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. O‘zbekistondagi gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida gaz uchun maksimal narx belgilash rejalashtirilmoqda. Hukumatning tegishli qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga
qo‘yilgan. Qaror bilan joylardagi "gaz zapravka"larda narxlar keskin ko‘tarilib ketishining oldini olish choralari ko‘rilishi rejalashtirilmoqda.
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, Soliq qo‘mitasi va "O‘zneftgaz" inspeksiyasiga o‘rnatilgan gaz hisoblash uskunalarining Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimiga to‘liq ulanganligini va onlayn rejimda ma’lumotlar uzatilayotganligini qat’iy nazorat qilish vazifasini yuklash ko‘zda tutilmoqda.
Ular noqonuniy ulanish, yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilish va noqonuniy iste’mol qilishning boshqa holatlarini, shuningdek, ularni sodir etishga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish va oldini olish bo‘yicha nazorat tadbirlarini yanada kuchaytirishlari kerak bo‘ladi.
“Tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi kelgusi olti oyda kub metr uchun 3 250 so‘mdan oshib ketmasligi bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rsin”, - deyilgan qarorda.
Onlayn rejimda ma’lumotlar uzatmayotgan, chakana sotishda cheklangan narxning asossiz oshirilishiga, noqonuniy ulanishga, yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj va noqonuniy iste’mol qilinishiga yo‘l qo‘ygan "zapravka"larga esa tabiiy gaz yetkazib berish to‘xtatilishi ko‘zda tutilgan.