O‘zbek kurashini YuNESKO ro‘yxatiga kiritish choralari ko‘rilmoqda — Mirziyoyev

© MinSporta UzbekistanaXiva shahridagi Xalqaro etnosport festivali.
Xiva shahridagi Xalqaro etnosport festivali. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2023
Obuna bo‘lish
Prezident Xiva shahrida Xalqaro etnosport festivalining ochilishi munosabati bilan ishtirokchilarga tabrik yo‘lladi.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbek kurashini YuNESKOning etnosport milliy o‘yinlari nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritish choralari ko‘rilmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro etnosport festivali ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida qayd etildi.
Tabrik matnida qayd etilishicha, mamlakatda milliy sport turlari va xalq o‘yinlari ro‘yxatlari shakllantirildi.

"O‘zbek kurashini YuNESKOning etnosport milliy o‘yinlari nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritish choralari ko‘rilmoqda", - deyiladi tabrik matnida.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda ushbu anjuman birinchi bor o‘tkazilmoqda. Unda YuNESKO, TURKSOY, Butunjahon etnosport konfederatsiyasi hamda unga a’zo davlatlar vakillari, shuningdek, 63 ta mamlakatdan qariyb 930 nafar etnosport namoyandalari ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha Xivada Xalqaro etnosport festivali boshlandi. Unda dunyoning 63ta mamlakatidan 930 nafar sportchilar ishtirok etmoqda. Ular orasida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Misr, Rossiya, Belarus, Eron, Pokiston, Isroil, Hindiston, Janubiy Koreya, Kanada, Gruziya vakillari bor. Festival doirasida bo‘lib o‘tadigan tosh ko‘tarish musobaqasida Rossiyalik sportchilar ham ishtirok etadi.
Xalqaro etnosport festivali 10-sentabrga qadar davom etadi.
Mejdunarodniy festival etnosporta v Xive - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2023
Etnosport festivalining birinchi kuni: eng yorqin lahzalar — foto
Yangiliklar lentasi
0