https://oz.sputniknews.uz/20230909/amerika-shtat-aqsh-ajralish-38725973.html
Amerikaning bir shtati AQShdan ajralib chiqmoqchi — OAV
Amerikaning bir shtati AQShdan ajralib chiqmoqchi — OAV
Sputnik O‘zbekiston
O‘rmon yong‘inlari Gavayining AQShdan ajralib chiqish istagini kuchaytirdi.
2023-09-09T08:57+0500
2023-09-09T08:57+0500
2023-09-11T13:19+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
aqsh
yong‘in
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/04/41388402_0:72:1347:830_1920x0_80_0_0_543fdd1a889ff257ba68fa298be604fe.png
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Avgust oyidagi o‘rmon yong‘inlari Gavayidagi vaziyatni yomonlashtirdi va mahalliy aholining AQShdan mustaqillikka erishish istagini kuchaytirdi. Bu haqda RIA Novosti Guardian gasetasiga tayanib xabar berdi.Aytilishicha, g‘arbiy Mauida avgust oyida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlaridan keyin mahalliy Gavayi aholisining suverenitet uchun kurashishi kuchaydi.Mahalliy faollarning ta’kidlashicha, Gavayi orollarini o‘z-o‘zini ta’minlaydigan orol davlati sifatida tiklash — uni bolalar va nabiralar uchun saqlab qolishning yagona yo‘li.G‘arbiy Maui okrugi kengashi a’zosi Tamara Paltinning ta’kidlashicha, Gavayi qonun chiqaruvchilari mahalliy jamoalarga eng ko‘p ta’sir ko‘rsatgan uy-joy inqirozi oqibatlarini yumshatish qobiliyatiga ega emaslar.AQShning Gavayi shtatidagi Maui orolida 9-avgust kuni o‘rmon yong‘ini boshlandi. Kuchli shamol tufayli yong‘in tezda Laxayna sayyohlik shahriga o‘tib, butunlay yonib ketgan. Kamida 4,5 ming kishi uy-joysiz qoldi. Ma’lum bo‘lgan 114 o‘lim holati kuzatilgan. Mingdan ortiq odam esa bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/04/41388402_0:0:1201:901_1920x0_80_0_0_1ad58b0ca2f7601c09aaa275ad0ad304.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
o‘rmon yong‘inlari gavayi aqsh shtat g‘arbiy maui g‘arbiy maui okrugi kengashi a’zosi tamara paltin
o‘rmon yong‘inlari gavayi aqsh shtat g‘arbiy maui g‘arbiy maui okrugi kengashi a’zosi tamara paltin
Amerikaning bir shtati AQShdan ajralib chiqmoqchi — OAV
08:57 09.09.2023 (yangilandi: 13:19 11.09.2023) O‘rmon yong‘inlari Gavayining AQShdan ajralib chiqish istagini kuchaytirdi.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Avgust oyidagi o‘rmon yong‘inlari Gavayidagi vaziyatni yomonlashtirdi va mahalliy aholining AQShdan mustaqillikka erishish istagini kuchaytirdi. Bu haqda
RIA Novosti Guardian gasetasiga tayanib xabar berdi.
Aytilishicha, g‘arbiy Mauida avgust oyida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlaridan keyin mahalliy Gavayi aholisining suverenitet uchun kurashishi kuchaydi.
Mahalliy faollarning ta’kidlashicha, Gavayi orollarini o‘z-o‘zini ta’minlaydigan orol davlati sifatida tiklash — uni bolalar va nabiralar uchun saqlab qolishning yagona yo‘li.
G‘arbiy Maui okrugi kengashi a’zosi Tamara Paltinning ta’kidlashicha, Gavayi qonun chiqaruvchilari mahalliy jamoalarga eng ko‘p ta’sir ko‘rsatgan uy-joy inqirozi oqibatlarini yumshatish qobiliyatiga ega emaslar.
"Qachon okkupatsiya tugasa Gavayi boshqa davlatlar kabi o‘zini o‘zi boshqarishi mumkin bo‘ladi", - dedi u.
AQShning Gavayi shtatidagi Maui orolida 9-avgust kuni o‘rmon yong‘ini boshlandi. Kuchli shamol tufayli yong‘in tezda Laxayna sayyohlik shahriga o‘tib, butunlay yonib ketgan. Kamida 4,5 ming kishi uy-joysiz qoldi. Ma’lum bo‘lgan 114 o‘lim holati kuzatilgan. Mingdan ortiq odam esa bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgan.