https://oz.sputniknews.uz/20230908/golland-memor-ozbekiston-38681990.html
Mashhur golland me’mori O‘zbekistonga keladi — tafsilotlar
Mashhur golland me’mori O‘zbekistonga keladi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Me’mor O‘zbekiston poytaxti qiyofasini asrab-avaylash bo‘yicha majmuaviy strategiyani ishlab chiqishga ko‘maklashadi.
2023-09-08T09:11+0500
2023-09-08T09:11+0500
2023-09-08T11:14+0500
madaniyat
o‘zbekiston
toshkent
ko‘rgazma
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/08/38681173_40:431:1280:1128_1920x0_80_0_0_9d5f49c545c61941b59b3a37f9a41cee.jpg
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Toshkentda modernistik me’morchiligi muhofazasi masalalariga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkaziladi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.“Toshkent dunyoning qayerida joylashgan?” nomli konferensiya 2023-yilning 18–19-oktabr kunlari O‘zbekiston lavlat san’at muzeyida bo‘lib o‘tadi.Faxriy mehmonlar orasida me’mor Rem Kolxas, yozuvchi va muhofiz Shumon Basar, madaniy meros bo‘yicha boshqaruvchi Eduardo Eskalante Karrilolar bor.Konferensiyadan ko‘zlangan maqsad Toshkent modernistik merosining ahamiyatiga diqqat-e’tiborni jalb etishdan iboratdir.Konferensiya bilan bir vaqtda muzeyda “Tashkent Modernism: Index” ko‘rgazma loyihasi taqdim etiladi. U ikki yillik jadal va puxta izlanishlar natijalari hamda Armin Linke tomonidan tasvirga tushirilgan me’moriy inshootlarning fotosuratlarini birlashtiradi.Anjuman “Tashkent Modernism XX/XXI” loyihasini amalga oshirishga salmoqli hissa qo‘shgan me’mor va muarrix Jan-Lui Koyen (1949–2023) xotirasiga bag‘ishlanadi.Ma’lumot uchun, Rem Kolxas o‘z faoliyatini jurnalist va ssenariy muallifi sifatida boshlagan. 1975-yilda u mashhur OMA (Office for Metropolitan Architecture) arxitektura burosiga asos solgan. Uning loyihalarini eksperimental ko‘rgazmalar va pavilonlardan tortib butun shaharlar, viloyatlar va hatto mamlakatlargacha qamrab oladi.U Sietldagi kutubxona (AQSh), Portudagi Musiqa uyi (Portugaliya), Pekindagi (Xitoy) CCTV telekompaniyasining bosh qarorgohi, Qatar Milliy kutubxonasi kabi mashhur binolarni yaratdi. Uning yutuqlari nufuzli Pritser mukofoti va boshqa mukofotlar bilan taqdirlangan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/08/38681173_431:480:1047:942_1920x0_80_0_0_6ee1c0ddf3dab16f7bdfd74b5c11c474.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston mashhur golland me’mori toshkent dunyoning qayerida joylashgan? nomli konferensiya o‘zbekiston davlat san’at muzeyi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
o‘zbekiston mashhur golland me’mori toshkent dunyoning qayerida joylashgan? nomli konferensiya o‘zbekiston davlat san’at muzeyi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
Mashhur golland me’mori O‘zbekistonga keladi — tafsilotlar
09:11 08.09.2023 (yangilandi: 11:14 08.09.2023) Me’mor O‘zbekiston poytaxti qiyofasini asrab-avaylash bo‘yicha majmuaviy strategiyani ishlab chiqishga ko‘maklashadi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Toshkentda modernistik me’morchiligi muhofazasi masalalariga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkaziladi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
xabar berdi. “Toshkent dunyoning qayerida joylashgan?” nomli konferensiya 2023-yilning 18–19-oktabr kunlari O‘zbekiston lavlat san’at muzeyida bo‘lib o‘tadi.
Faxriy mehmonlar orasida me’mor Rem Kolxas, yozuvchi va muhofiz Shumon Basar, madaniy meros bo‘yicha boshqaruvchi Eduardo Eskalante Karrilolar bor.
Konferensiyadan ko‘zlangan maqsad Toshkent modernistik merosining ahamiyatiga diqqat-e’tiborni jalb etishdan iboratdir.
“Biz muloqotni yo‘lga qo‘yish va O‘zbekiston poytaxti qiyofasini asrab-avaylash bo‘yicha majmuaviy strategiyani ishlab chiqishga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan yetakchi mutaxassislarni bir joyga to‘playmiz”, - deyiladi xabarda.
Konferensiya bilan bir vaqtda muzeyda “Tashkent Modernism: Index” ko‘rgazma loyihasi taqdim etiladi. U ikki yillik jadal va puxta izlanishlar natijalari hamda Armin Linke tomonidan tasvirga tushirilgan me’moriy inshootlarning fotosuratlarini birlashtiradi.
Anjuman “Tashkent Modernism XX/XXI” loyihasini amalga oshirishga salmoqli hissa qo‘shgan me’mor va muarrix Jan-Lui Koyen (1949–2023) xotirasiga bag‘ishlanadi.
Ma’lumot uchun, Rem Kolxas o‘z faoliyatini jurnalist va ssenariy muallifi sifatida boshlagan. 1975-yilda u mashhur OMA (Office for Metropolitan Architecture) arxitektura burosiga asos solgan. Uning loyihalarini eksperimental ko‘rgazmalar va pavilonlardan tortib butun shaharlar, viloyatlar va hatto mamlakatlargacha qamrab oladi.
U Sietldagi kutubxona (AQSh), Portudagi Musiqa uyi (Portugaliya), Pekindagi (Xitoy) CCTV telekompaniyasining bosh qarorgohi, Qatar Milliy kutubxonasi kabi mashhur binolarni yaratdi. Uning yutuqlari nufuzli Pritser mukofoti va boshqa mukofotlar bilan taqdirlangan.