https://oz.sputniknews.uz/20230907/ozmu-moskva-davlat-universiteti-strategiya-kafedrasi-38653719.html
O‘zMUda Moskva davlat universiteti bilan hamkorlikda strategiya kafedrasi tashkil etiladi
O‘zMUda Moskva davlat universiteti bilan hamkorlikda strategiya kafedrasi tashkil etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetida (O‘zMU) M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (MGU) bilan hamkorlikda strategiya kafedrasi tashkil etiladi. Kafedrani ilmiy rahbar sifatida mashhur rossiyalik akademik Vladimir Kvint boshqaradi.
2023-09-07T10:55+0500
2023-09-07T10:55+0500
2023-09-07T11:20+0500
jamiyat
o‘zbekiston - rossiya
o‘zbekiston milliy universiteti
moskva davlat universiteti (mgu)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/07/18211600_0:39:600:377_1920x0_80_0_0_25fc6dffbea7e4a71ff6968c86ba62f2.jpg
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetida (O‘zMU) M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (MGU) bilan hamkorlikda strategiya kafedrasi tashkil etiladi. Bu haqda O‘zMU axborot xizmati xabar berdi.Universitet rektori Inomjon Majidov Rossiya strategiya maktabining asoschisi, strategiya nazariyasi va strategiyalash metodologiyasi bo‘yicha dunyodagi eng yirik mutaxassis, akademik Vladimir Kvint bilan uchrashdi va oliygohda strategiya kafedrasini yaratish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi.Kvint O‘zbekistonda tashkil etilayotgan strategiya kafedrasini ilmiy rahbar sifatida boshqarishga tayyorligini tasdiqladi. Akademik Kvint tomonidan ishlab chiqilgan strategiya nazariyasi va strategiyalash metodologiyasi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida va so‘nggi 15-yil ichida Rossiyada strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish amaliyotida ham, o‘quv jarayonlarida ham muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.Amaliy strategiyalarni ishlab chiqish va strategiyani fan sifatida ishlab chiqqani uchun Kvint bir qator mukofotlar, jumladan, "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlangan, “Amir Temurning strategik yetakchiligi: Tuzuklarga sharhlar” fundamental ilmiy ishi uchun esa 2023-yil 25-avgustda O‘zbekiston davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vladimir Kvintning xizmatlarini e’tirof etib, yuksak davlat mukofoti – Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlagan.Professional strateglarni tayyorlash dasturi strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonining turli jihatlarini ochib beruvchi uslubiy asoslardan tortib tarmoq, hududiy, korporativ strategiya, strategik yetakchilik va inson resurslarini strategik boshqarish kabi 35 ta fanni o‘z ichiga oladi.Strategiya kafedrasi dasturi bo‘yicha tahsil oluvchi talabalar iqtisodiy, moliyaviy va texnologik strategiya asoslari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu ilmiy maktab asoschisidan, shuningdek, milliy, tarmoq, hududiy va korporativ darajadagi mintaqaviy strategiyalarni o‘qitish va ishlab chiqish tajribasiga ega bo‘lgan yetakchi mutaxassislardan saboq olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.Ta’kidlanishicha, strategiya kafedrasining tashkil etilishi davlat xizmati uchun ham, mamlakatdagi kompaniyalar uchun ham professional strateglarni tayyorlash bo‘yicha O‘zMUni O‘zbekistonda yetakchiga aylantiradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/07/18211600_31:28:485:369_1920x0_80_0_0_54ea8f85713bca446d3950234750fc67.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti (o‘zmu) lomonosov nomidagi moskva davlat universiteti (mgu) strategiya kafedrasi
mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti (o‘zmu) lomonosov nomidagi moskva davlat universiteti (mgu) strategiya kafedrasi
O‘zMUda Moskva davlat universiteti bilan hamkorlikda strategiya kafedrasi tashkil etiladi
10:55 07.09.2023 (yangilandi: 11:20 07.09.2023) Tashkil etilayotgan strategiya kafedrasini ilmiy rahbar sifatida mashhur rossiyalik akademik Vladimir Kvint boshqaradi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetida (O‘zMU) M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (MGU) bilan hamkorlikda strategiya kafedrasi tashkil etiladi. Bu haqda O‘zMU axborot xizmati
xabar berdi. Universitet rektori Inomjon Majidov Rossiya strategiya maktabining asoschisi, strategiya nazariyasi va strategiyalash metodologiyasi bo‘yicha dunyodagi eng yirik mutaxassis, akademik Vladimir Kvint bilan uchrashdi va oliygohda strategiya kafedrasini yaratish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi.
“O‘zMU strategiya kafedrasining uslubiy va ilmiy-pedagogik bazasini shakllantirish uchun Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining 17-yildan beri muvaffaqiyatli faoliyat yuritib, professional strateglar avlodini tayyorlab kelayotgan kafedrasi tajribasidan foydalanishga qaror qilindi”, - deyilgan xabarda.
Kvint O‘zbekistonda tashkil etilayotgan strategiya kafedrasini ilmiy rahbar sifatida boshqarishga tayyorligini tasdiqladi. Akademik Kvint tomonidan ishlab chiqilgan strategiya nazariyasi va strategiyalash metodologiyasi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida va so‘nggi 15-yil ichida Rossiyada strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish amaliyotida ham, o‘quv jarayonlarida ham muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.
Amaliy strategiyalarni ishlab chiqish va strategiyani fan sifatida ishlab chiqqani uchun Kvint bir qator mukofotlar, jumladan, "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlangan, “Amir Temurning strategik yetakchiligi: Tuzuklarga sharhlar” fundamental ilmiy ishi uchun esa 2023-yil 25-avgustda O‘zbekiston davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vladimir Kvintning xizmatlarini e’tirof etib, yuksak davlat mukofoti – Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlagan.
Professional strateglarni tayyorlash dasturi strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonining turli jihatlarini ochib beruvchi uslubiy asoslardan tortib tarmoq, hududiy, korporativ strategiya, strategik yetakchilik va inson resurslarini strategik boshqarish kabi 35 ta fanni o‘z ichiga oladi.
Strategiya kafedrasi dasturi bo‘yicha tahsil oluvchi talabalar iqtisodiy, moliyaviy va texnologik strategiya asoslari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu ilmiy maktab asoschisidan, shuningdek, milliy, tarmoq, hududiy va korporativ darajadagi mintaqaviy strategiyalarni o‘qitish va ishlab chiqish tajribasiga ega bo‘lgan yetakchi mutaxassislardan saboq olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ta’kidlanishicha, strategiya kafedrasining tashkil etilishi davlat xizmati uchun ham, mamlakatdagi kompaniyalar uchun ham professional strateglarni tayyorlash bo‘yicha O‘zMUni O‘zbekistonda yetakchiga aylantiradi.