Toshkentda II Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi bo‘lib o‘tmoqda
12:18 06.09.2023 (yangilandi: 12:28 06.09.2023)
© Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata Respubliki UzbekistanToshkentda II Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi bo‘lib o‘tmoqda
Obuna bo‘lish
Simpozium bir oy davom etadi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Toshkentdagi O‘zbekiston Badiiy akademiya Markaziy ko‘rgazmalar zalida “Toshkent-2023” II Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi bo‘lib o‘tayapti. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lum qildi.
“Mazkur simpozium haykaltaroshlik san’ati orqali ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish mavzusini xalqimiz ongiga chuqurroq singdirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, Toshkent shahrining madaniy muhiti va badiiy-landshaft qiyofasini rivojlantirish uchun marmardan haykaltaroshlik asarlari yaratish, xorijlik haykaltaroshlar bilan samarali ijodiy hamkorlik, tajriba almashish uchun qulay shart-sharoitni yuzaga keltirish maqsad qilingan”, - deydi vazir Aziz Abduhakimov.
© Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata Respubliki UzbekistanV stolitse startoval II Mejdunarodniy skulpturniy simpozium "Tashkent-2023"
Ta’kidlanishicha, bu galgi simpoziumda Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya, Argentina, Hindiston, Turkiya, Eron, Rossiya, Gruziya va Belarus kabi davlatlardan 10 nafar xorijiy va 11 nafar o‘zbekistonlik haykaltaroshlar qatnashmoqda.
© Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata Respubliki UzbekistanV stolitse startoval II Mejdunarodniy skulpturniy simpozium "Tashkent-2023"
Simpozium davomida tajribali haykaltaroshlar tomonidan urbanizatsiya, “yashil” rivojlanish, iqlim o‘zgarishi, Orol fojiasi oqibatlari haqida monumental va dekorativ asarlar yaratiladi. Simpozium bir oy davom etadi.
Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi ilk bor 2022-yilda Samarqand shahrida o‘tkazilgan edi.
© Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata Respubliki UzbekistanV stolitse startoval II Mejdunarodniy skulpturniy simpozium "Tashkent-2023"