https://oz.sputniknews.uz/20230901/ozbekiston-misr-islomiy-kreditlash-38478990.html
O‘zbekiston va Misr islomiy kreditlash masalasini ko‘rib chiqmoqda
O‘zbekiston va Misr islomiy kreditlash masalasini ko‘rib chiqmoqda
Sputnik O‘zbekiston
SSP raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov va Misrning Islom savdo-sanoat va qishloq xo‘jaligi palatasi bosh kotibi Yusef Xalavi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda tomonlar islomiy kreditlash masalalarini muhokama qildi. O‘zbekiston tomoni "Qishloq qurilish banki"ning "Biznesni rivojlantirish banki" bo‘lishi kutilayotgani to‘g‘risida ma’lumot berdi. Shu bois tadbirkorlarni islomiy kreditlash shartlari qiziqtirayotgani ta’kidladi.
2023-09-01T12:27+0500
2023-09-01T12:27+0500
2023-09-01T14:00+0500
iqtisod
o‘zbekiston
misr
kredit
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/01/38478492_469:468:2892:1831_1920x0_80_0_0_3365941bcb0045ab96f1a148a37aad49.jpg
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. O‘zbekiston Misr bilan islomiy kreditlash masalalarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi (SSP) matbuot xizmati xabar berdi. SSP raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov va Misrning Islom savdo-sanoat va qishloq xo‘jaligi palatasi bosh kotibi Yusef Xalavi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda tomonlar islomiy kreditlash masalalarini muhokama qildi. O‘zbekiston tomoni "Qishloq qurilish banki"ning "Biznesni rivojlantirish banki" bo‘lishi kutilayotgani to‘g‘risida ma’lumot berdi. Shu bois tadbirkorlarni islomiy kreditlash shartlari qiziqtirayotgani ta’kidladi.Yusef Xalavi Islom Savdo-sanoat va qishloq xo‘jaligi palatasi kuchli tahliliy-axborot bazasiga egaligi va dunyo mamlakatlarining texnik-iqtisodiy tahlillarini olib borishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.Misr tomoni mazkur xizmatlar Islom savdo-sanoat va qishloq xo‘jaligi palatasi a’zolari uchun bepul ekanligini va bundan manfaatdor mamlakatlardagi potensial investorlarga yordam berishi haqida ham qayd etdi.Yusef Xalavi palatalar o‘rtasida tegishli bitim imzolanishi maqsadga muvofiqligini ta’kidladi hamda Islom Savdo-sanoat va qishloq xo‘jaligi palatasiga a’zo bo‘lish taklifini berdi.Ma’lumot uchun, Islom savdo-sanoat va qishloq xo‘jaligi palatasi 1976-yilda Islom hamkorlik tashkiloti shafeligida tashkil etilgan. Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlarda xususiy musulmon tadbirkorligini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida tuzilgan. Palata Kengashi 18 kishidan iborat. Karachi, Qohira va Istanbulda filiallari bor. Islom Savdo-sanoat va qishloq xo‘jaligi palatasining barcha musulmon mamlakatlari uchun Arbitraj markazi esa Istanbulda joylashgan.
o‘zbekiston
misr
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/01/38478492_742:529:2616:1934_1920x0_80_0_0_cb3fc37058d3c6b280fc02a7fe989c0d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston misr islomiy kreditlash
o‘zbekiston misr islomiy kreditlash
O‘zbekiston va Misr islomiy kreditlash masalasini ko‘rib chiqmoqda
12:27 01.09.2023 (yangilandi: 14:00 01.09.2023) O‘zbekiston Islom Savdo-sanoat va qishloq xo‘jaligi palatasiga a’zo bo‘lish taklifini oldi.
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. O‘zbekiston Misr bilan islomiy kreditlash masalalarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi (SSP) matbuot xizmati
xabar berdi. SSP raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov va Misrning Islom savdo-sanoat va qishloq xo‘jaligi palatasi bosh kotibi Yusef Xalavi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar islomiy kreditlash masalalarini muhokama qildi. O‘zbekiston tomoni "Qishloq qurilish banki"ning
"Biznesni rivojlantirish banki" bo‘lishi kutilayotgani to‘g‘risida ma’lumot berdi. Shu bois tadbirkorlarni islomiy kreditlash shartlari qiziqtirayotgani ta’kidladi.
Yusef Xalavi Islom Savdo-sanoat va qishloq xo‘jaligi palatasi kuchli tahliliy-axborot bazasiga egaligi va dunyo mamlakatlarining texnik-iqtisodiy tahlillarini olib borishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Misr tomoni mazkur xizmatlar Islom savdo-sanoat va qishloq xo‘jaligi palatasi a’zolari uchun bepul ekanligini va bundan manfaatdor mamlakatlardagi potensial investorlarga yordam berishi haqida ham qayd etdi.
Yusef Xalavi palatalar o‘rtasida tegishli bitim imzolanishi maqsadga muvofiqligini ta’kidladi hamda Islom Savdo-sanoat va qishloq xo‘jaligi palatasiga a’zo bo‘lish taklifini berdi.
Ma’lumot uchun, Islom savdo-sanoat va qishloq xo‘jaligi palatasi 1976-yilda Islom hamkorlik tashkiloti shafeligida tashkil etilgan. Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlarda xususiy musulmon tadbirkorligini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida tuzilgan.
Palata Kengashi 18 kishidan iborat. Karachi, Qohira va Istanbulda filiallari bor. Islom Savdo-sanoat va qishloq xo‘jaligi palatasining barcha musulmon mamlakatlari uchun Arbitraj markazi esa Istanbulda joylashgan.