https://oz.sputniknews.uz/20230831/eoii-magistrallarida-elektromobil-zaryadlash-qurilmalari-paydo-boladi-38443669.html
YeOII magistrallarida elektromobil zaradlash qurilmalari paydo bo‘ladi
YeOII magistrallarida elektromobil zaradlash qurilmalari paydo bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
YeIK Kengashi magistral yo‘llarda elektromobillarni zaradlash infratuzilmasini yaratish bo‘yicha tavsiyalarni qabul qildi.
2023-08-31T15:48+0500
2023-08-31T15:48+0500
2023-08-31T15:48+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
avtomobil
yo‘llar
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1e/31184021_0:0:1213:682_1920x0_80_0_0_4717b30d6b43037e78c2607145debcd2.jpg
TOShKENT, 31 avg – Sputnik. Elektr transport egalari uchun yaxshi yangilik — yaqin kelajakda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) avtomagistrallari bo‘ylab quvvatlash va xizmat ko‘rsatish stansiyalari paydo bo‘ladi. Yevroosiyo Iqtisodiy komissiyasi (YeIK) tegishli tavsiyani qabul qildi. Kengash mamlakatlarga quvvatlash va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini, jumladan, xalqaro avtomagistrallar bo‘ylab tashkil qilish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va buning uchun kerakli uskunalar ishlab chiqarishni tashkil etishga e’tibor qaratishni tavsiya qildi.YeIK Ittifoqqa a’zo davlatlar bilan birgalikda assotsiatsiya hududida bunday infratuzilmani rivojlantirishning interaktiv xaritasini ishlab chiqadi va uni YeOII axborot portaliga joylashtiradi.A’zo davlatlar o‘rtasida tajriba almashish va ushbu sohada qo‘shma loyihalarni yaratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish uchun tavsiyanomada joriy etilayotgan yoki rejalashtirilgan avtomobil elektr transporti uchun to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari katalogiga havola kiritilgan. YeOII mamlakatlarida amalga oshiriladi.YeIK Kengashi allaqachon bu masalani ko‘targan va o‘tgan yilning iyul oyida a’zo davlatlarning elektromobillar uchun bunday infratuzilmani yaratish tajribasini ko‘rib chiqish bo‘yicha ko‘rsatma qabul qilgan edi. Komissiya assotsiatsiyaga a’zo davlatlarning tajribasini tahlil qildi va qabul qilingan tavsiyani ishlab chiqish uchun asos bo‘lgan hisobot tayyorladi.Ma’lumot uchun, YeOII davlatlarida elektromobillar soni eng ko‘p bo‘lgan shaharlar bu Moskva — 2000 taga yaqin, Minsk — 1258 ta, Novosibirsk — 500 ta, Sankt-Peterburg — 417 ta, Bishkek — 100 ta, Ostona — 84 ta. O‘zbekistonda ham elektromobillar soni ildam ko‘paymoqda. 2023-yilning besh oyida respublikaga 120 million dollarlik 3816 dona elektromobil import qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2846 donaga ko‘pdir.Respublika hukumati elektr transport vositalari va ular uchun quvvatlovchi uskunalarni o‘z ishlab chiqarishini rag‘batlantirmoqda. O‘tgan yilning dekabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev elektromobillar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar, jumladan, mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillarni qayta ishlash uchun to‘lovni bekor qilish, ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilarni bojxona va soliq imtiyozlari va hokazolarni tasdiqlagan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1e/31184021_126:0:1086:720_1920x0_80_0_0_556ccb26549bf5a06442807948b94213.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeik yeoii elektromobil zaradlash stansiyasi
yeik yeoii elektromobil zaradlash stansiyasi
YeOII magistrallarida elektromobil zaradlash qurilmalari paydo bo‘ladi
YeIK Kengashi magistral yo‘llarda elektromobillarni quvvatlash infratuzilmasini yaratish bo‘yicha tavsiyalarni qabul qildi.
TOShKENT, 31 avg – Sputnik. Elektr transport egalari uchun yaxshi yangilik — yaqin kelajakda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) avtomagistrallari bo‘ylab quvvatlash va xizmat ko‘rsatish stansiyalari paydo bo‘ladi. Yevroosiyo Iqtisodiy komissiyasi (YeIK) tegishli tavsiyani qabul qildi.
“Ushbu tavsiyaning qabul qilinishi mamlakatlarimizda elektr transporti uchun zaradlash infratuzilmasini birgalikda rivojlantirish bo‘yicha keyingi yondashuvlarni belgilab beradi", – dedi YeIK sanoat va agrosanoat majmui vaziri Artak Kamalyan.
Kengash mamlakatlarga quvvatlash va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini, jumladan, xalqaro avtomagistrallar bo‘ylab tashkil qilish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va buning uchun kerakli uskunalar ishlab chiqarishni tashkil etishga e’tibor qaratishni tavsiya qildi.
YeIK Ittifoqqa a’zo davlatlar bilan birgalikda assotsiatsiya hududida bunday infratuzilmani rivojlantirishning interaktiv xaritasini ishlab chiqadi va uni YeOII axborot portaliga joylashtiradi.
“A’zo davlatlarning ushbu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlari va yaqin hamkorligi pirovard natijada elektr transportini ommalashtirish, innovatsiyalarni rag‘batlantirish va iqlim bo‘yicha kun tartibidagi maqsadlarga erishishga yordam beradi”, - deya ta’kidladi Artak Kamalyan.
A’zo davlatlar o‘rtasida tajriba almashish va ushbu sohada qo‘shma loyihalarni yaratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish uchun tavsiyanomada joriy etilayotgan yoki rejalashtirilgan avtomobil elektr transporti uchun to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari katalogiga havola kiritilgan. YeOII mamlakatlarida amalga oshiriladi.
YeIK Kengashi allaqachon bu masalani ko‘targan va o‘tgan yilning iyul oyida a’zo davlatlarning elektromobillar uchun bunday infratuzilmani yaratish tajribasini ko‘rib chiqish bo‘yicha ko‘rsatma qabul qilgan edi. Komissiya assotsiatsiyaga a’zo davlatlarning tajribasini tahlil qildi va qabul qilingan tavsiyani ishlab chiqish uchun asos bo‘lgan hisobot tayyorladi.
Ma’lumot uchun, YeOII davlatlarida elektromobillar soni eng ko‘p bo‘lgan shaharlar bu Moskva — 2000 taga yaqin, Minsk — 1258 ta, Novosibirsk — 500 ta, Sankt-Peterburg — 417 ta, Bishkek — 100 ta, Ostona — 84 ta.
O‘zbekistonda ham elektromobillar soni ildam ko‘paymoqda. 2023-yilning besh oyida respublikaga 120 million dollarlik 3816 dona elektromobil import qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2846 donaga ko‘pdir.
Respublika hukumati elektr transport vositalari va ular uchun quvvatlovchi uskunalarni o‘z ishlab chiqarishini rag‘batlantirmoqda. O‘tgan yilning dekabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev elektromobillar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar, jumladan, mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillarni qayta ishlash uchun to‘lovni bekor qilish, ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilarni bojxona va soliq imtiyozlari va hokazolarni tasdiqlagan edi.