Yil yakuniga qadar “tez yordam”ga yana “Volkswagen Caddy” avtomashinalari topshiriladi

© Minzdrav Uzbekistana“Volkswagen Caddy” avtomashinalari
“Volkswagen Caddy” avtomashinalari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2023
Obuna bo‘lish
Yil yakuniga qadar yana 610 dona transport vositalari hududlarga yetkazib berilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. O‘zbekistonda yil yakuniga qadar “tez yordam”ga yana 610 dona A toifali “Volkswagen Caddy” avtomashinalari topshiriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “103” xizmatida eskirgan avtoulovlar bosqichma-bosqich zamonaviylariga almashtirilmoqda. Unga ko‘ra, yil yakuniga qadar yana 610 dona ana shunday transport vositalari hududlarga yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

“Dunyo tajribasida tez tibbiy yordam xizmatidagi avtotransport vositalarini ishlatish muddati o‘rtacha 5-8 yilni tashkil etadi. Yurtimizda ham foydalanilayotganiga 8-yildan oshgan mashinalarni yangilash lozimligi belgilangan”, - deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov.

Shu yilning yil yanvar oyida Respublika tez tibbiy yordam markazi avtoparki mamlakatda ishlab chiqarilgan 220 ta “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam mashinalari bilan ta’minlandi. Shuningdek, mart oyida “Jizzakh Auto” tomonidan yig‘ilgan bu turdagi avtomobillarning yana 117 donadan iborat navbatdagi partiyasi hududlarga taqdim etildi.
Bugun esa A toifali yana 50 ta “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam avtomashinalarini Qashqadaryo va Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmalari tizimidagi "103" shaxobchalariga yetkazib berish boshlandi.
Ma’lumot uchun, beshinchi avlod A toifali “Volkswagen Caddy” mutlaqo yangi MQB platformasida ishlaydi. Ular 1,6 MPI atmosferali motor bilan jihozlangan bo‘lib, 6 pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi va 110 ot kuchiga ega. 100 kilometr masofaga avtomobil aralash siklda 7 litr yonilg‘i sarflaydi.
Yangiliklar lentasi
0