Guanchjouda o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekiston milliy stendi tashkil etildi

© IA "Dunyo"Guanchjouda o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekiston milliy stendi tashkil etildi
Guanchjouda o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekiston milliy stendi tashkil etildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston diplomatlari ko‘rgazma davomida Guandun import mahsulotlari uyushmasi bosh kotibining o‘rinbosari Vensi Tan bilan muzokara o‘tkazdi.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. O‘zbekistonning Guanchjoudagi Bosh konsulxonasi tomonidan joriy yil 25-28 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan “31st Guangzhou Fair” ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy stendi tashkil etildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Ko‘rgazmada O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va eksportga yo‘naltirilayotgan 20 dan ortiq qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi va qandolat mahsulotlari namoyish etildi, shuningdek O‘zbekistonning sayyohlik va eksport salohiyati taqdimoti o‘tkazildi.
O‘zbekiston diplomatlari ko‘rgazma davomida Guandun import mahsulotlari uyushmasi (GDIFA) bosh kotibining o‘rinbosari Vensi Tan bilan muzokara o‘tkazdi.

Uchrashuv natijasida tomonlar shu yil 21-23 sentabr kunlari o‘tkaziladigan "Food2China Expo and the Guangzhou International Food & Ingredient Fair" ko‘rgazmalarida ishtirok etadigan o‘zbek kompaniyalarining stendlari uchun chegirmalar taqdim etish, O‘zbekiston eksportchilari, hududiy ishlab chiqaruvchilari va Guandun, Fuszan provinsiyalari importorlari hamda savdo tarmoqlari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish, shuningdek, qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishuvga erishdi.

“31st Guangzhou Fair” ko‘rgazmasi 90 ming kv.m. maydonda tashkil etildi. 9 ta pavilondan iborat kompleksda shaharsozlik, mahalliy shaharlarni targ‘ib qilish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va qishloq hududlarini rivojlantirish bo‘yicha yangi texnologiyalar namoyish etildi.
Ko‘rgazma, shuningdek, yangi oziq-ovqat va xalqaro yetkazish zanjirlari, texnologiya va uskunalar, keksalar sog‘lig‘ini saqlash sanoati va tibbiyot yo‘nalishlarini ham qamrab oldi.
Yangiliklar lentasi
0