https://oz.sputniknews.uz/20230830/fargona-korxona-chang-briketlar-38376761.html
Farg‘onadagi korxonada changdan briketlar tayyorlanmoqda — tafsilotlar
Farg‘onadagi korxonada changdan briketlar tayyorlanmoqda — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Korxonaga o‘rnatilgan zamonaviy va eng so‘nggi texnologiyalar chang-gazlarni atmosferaga chiqarib yubormasdan, maxsus qurilmalarda ushlab qoladi.
2023-08-30T09:30+0500
2023-08-30T09:30+0500
2023-08-30T11:17+0500
jamiyat
o‘zbekiston
farg‘ona
korxona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/1e/38376884_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_fe1855b4b0d9769464eb77851a93c994.jpg
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Farg‘onadagi korxonada changdan briketlar tayyorlanmoqda. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi “Global textile infinity” ip-kalava, kulrang va bo‘yalgan trikotaj matolarni ishlab chiqarish bilan birga paxta yetishtirish va uni qayta ishlashning to‘liq jarayoni yo‘lga qo‘yilgan.Korxonada “yashil iqtisodiyot”dan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishda energiya tejamkor texnologiyalar qo‘llanmoqda. Qayd etilishicha, inshootning tom qismiga quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida qariyb 23 foizgacha energiya samaradorligiga erishish mumkin.Korxonada ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan changlardan briketlar tayyorlanmoqda.Shuningdek, korxonaning tom qismida hosil bo‘lgan yomg‘ir va qor suvlari shunchaki oqizib yuborilmaydi, balki maxsus idishlarda to‘planadi va to‘plangan suv filtrdan o‘tkazilgandan so‘ng hududdagi obodonlashtirish ishlari va daraxtlarni sug‘orishga sarflanadi.Aytilishicha, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida korxonaning 1,8 gektar yeriga kuz va bahorgi daraxt ekish mavsumida yana 1000 tupdan ortiq daraxtlar ekilishi rejalashtirilgan.Ma’lumot uchun, briketlar isitish tizimlarining kaminlar, pechlar va qozonlar uchun qattiq yoqilg‘i sifatida ishlatiladi. Ular deyarli tutunsiz yonadi, shuning uchun ularni uylar, issiqxonalarni isitish uchun foydalaniladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/1e/38376884_65:50:1136:853_1920x0_80_0_0_96502ed34c5c204ce8a74de1d0a02012.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston farg‘ona korxona chang briketlar
o‘zbekiston farg‘ona korxona chang briketlar
Farg‘onadagi korxonada changdan briketlar tayyorlanmoqda — tafsilotlar
09:30 30.08.2023 (yangilandi: 11:17 30.08.2023) Korxonaga o‘rnatilgan zamonaviy va eng so‘nggi texnologiyalar chang-gazlarni atmosferaga chiqarib yubormasdan, maxsus qurilmalarda ushlab qoladi.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Farg‘onadagi korxonada changdan briketlar tayyorlanmoqda. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
xabar berdi. Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi “Global textile infinity” ip-kalava, kulrang va bo‘yalgan trikotaj matolarni ishlab chiqarish bilan birga paxta yetishtirish va uni qayta ishlashning to‘liq jarayoni yo‘lga qo‘yilgan.
Korxonada “yashil iqtisodiyot”dan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishda energiya tejamkor texnologiyalar qo‘llanmoqda.
Qayd etilishicha, inshootning tom qismiga quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida qariyb 23 foizgacha energiya samaradorligiga erishish mumkin.
Korxonada ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan changlardan briketlar tayyorlanmoqda.
“Korxonaga o‘rnatilgan zamonaviy va eng so‘nggi texnologiyalar chang-gazlarni atmosferaga chiqarib yubormasdan, maxsus qurilmalarda ushlab qoladi. To‘plangan chang qayta ishlanib, briket qilinadi, natijada korxonaning ekologiyaga bo‘lgan ta’siri ham kamayadi”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, korxonaning tom qismida hosil bo‘lgan yomg‘ir va qor suvlari shunchaki oqizib yuborilmaydi, balki maxsus idishlarda to‘planadi va to‘plangan suv filtrdan o‘tkazilgandan so‘ng hududdagi obodonlashtirish ishlari va daraxtlarni sug‘orishga sarflanadi.
Aytilishicha, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida korxonaning 1,8 gektar yeriga kuz va bahorgi daraxt ekish mavsumida yana 1000 tupdan ortiq daraxtlar ekilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, briketlar isitish tizimlarining kaminlar, pechlar va qozonlar uchun qattiq yoqilg‘i sifatida ishlatiladi. Ular deyarli tutunsiz yonadi, shuning uchun ularni uylar, issiqxonalarni isitish uchun foydalaniladi.