https://oz.sputniknews.uz/20230830/eoii-kengayadi-ozbekiston-unga-qachon-qoshiladi-38380037.html
YeOII qanday kengayadi va O‘zbekiston unga qachon qo‘shiladi — ekspert javobi
YeOII qanday kengayadi va O‘zbekiston unga qachon qo‘shiladi — ekspert javobi
Sputnik O‘zbekiston
Ayni paytda bir qator davlatlar YeOII mamlakatlari bilan erkin savdo zonasini yaratish bo‘yicha shartnomalar tuzmoqchi.
2023-08-30T10:26+0500
2023-08-30T10:26+0500
2023-08-30T11:10+0500
o‘zbekiston
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
rossiya
baxtiyor ergashev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/18/35272251_0:110:3252:1939_1920x0_80_0_0_d5ba6d9577fc461593f26cf5f6377e26.jpg
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) postsovet hududidan tashqariga chiqishga intilmoqda va bir qator xorijiy davlatlar mazkur tashkilot bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor. Ular orasida Vyetnam va Eron ham bor. Bunday fikrni Man’o Ilmiy tashabbuslar markazi direktori Baxtiyor Ergashev aytib o‘tdi.Ekspertning fikricha, YeOII ham resurslar, ham sanoatning turli sohalarida ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha jiddiy salohiyatga ega.Ergashevning ta’kidlashicha, Rossiyaning atom sanoati, aviatsiya sanoati, harbiy-sanoat majmuasi ham YeOIIga a’zo bo‘lishni rejalashtirayotgan ko‘plab mamlakatlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.Ergashev, shuningdek, hozirda YeOIIda kuzatuvchi davlat bo‘lgan O‘zbekistonning tashkilotga bosqichma-bosqich integratsiyalashuvi davom etayotganini ta’kidladi.Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda bojxona, tarif va boshqa masalalarni tartibga soluvchi qonunchilik va meyoriy-huquqiy bazani sinxronlashtirishga qaratilgan qator loyihalar amalga oshirilmoqda.Ekspertning fikricha, O‘zbekistonning YeOIIga to‘laqonli a’zo bo‘lishi uchun barcha zarur tartib-qoidalar 2-3 yil davom etadi.Ergashevning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonning tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lishi YeOII, xususan, O‘zbekiston iqtisodiyotiga jiddiy ustunlik beradi, chunki Ittifoq mamlakatlari bozorlari respublika uchun asosiy hisoblanadi.Avvalroq Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin YeOII yangi hamkorlar uchun ochiq ekanini aytgandi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Ramiz Baxtiyarov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0a/34806501_486:173:1712:1399_100x100_80_0_0_7091e40bf6125d83f09e8e268dc7a79f.jpg
Ramiz Baxtiyarov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0a/34806501_486:173:1712:1399_100x100_80_0_0_7091e40bf6125d83f09e8e268dc7a79f.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/18/35272251_255:0:2986:2048_1920x0_80_0_0_af813009b261e84b3209af767ba1db22.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Ramiz Baxtiyarov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0a/34806501_486:173:1712:1399_100x100_80_0_0_7091e40bf6125d83f09e8e268dc7a79f.jpg
yeoii erkin savdo zonasi o‘zbekiston rossiya baxtiyor ergashev vyetnam eron
yeoii erkin savdo zonasi o‘zbekiston rossiya baxtiyor ergashev vyetnam eron
YeOII qanday kengayadi va O‘zbekiston unga qachon qo‘shiladi — ekspert javobi
10:26 30.08.2023 (yangilandi: 11:10 30.08.2023) Ayni paytda bir qator davlatlar YeOII mamlakatlari bilan erkin savdo zonasini yaratish bo‘yicha shartnomalar tuzmoqchi.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) postsovet hududidan tashqariga chiqishga intilmoqda va bir qator xorijiy davlatlar mazkur tashkilot bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor. Ular orasida Vyetnam va Eron ham bor.
Bunday fikrni Man’o Ilmiy tashabbuslar markazi direktori Baxtiyor Ergashev aytib o‘tdi.
Ekspertning fikricha, YeOII ham resurslar, ham sanoatning turli sohalarida ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha jiddiy salohiyatga ega.
“Biz bilamizki, bir qator davlatlar YeOII mamlakatlari bilan erkin savdo zonasini yaratish bo‘yicha shartnomalar tuzmoqchi. Masalan, bular Vyetnam va Eron. Ittifoq ular uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda, chunki tashkilot neft, gaz, g‘alladan tortib eng zamonaviy tarmoqlardagi ilg‘or texnologiyalargacha bo‘lgan resurslarning mavjudligi nuqtayi nazaridan ancha jiddiy salohiyatga ega”, - deydi u.
Ergashevning ta’kidlashicha, Rossiyaning atom sanoati, aviatsiya sanoati, harbiy-sanoat majmuasi ham YeOIIga a’zo bo‘lishni rejalashtirayotgan ko‘plab mamlakatlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
“YeOII iqtisodiy hamkor sifatida, 200 milliondan ortiq odamni o‘z ichiga olgan assotsiatsiya sifatida kelgusida o‘sish uchun juda jiddiy salohiyatga ega. U turli formatlarda rivojlanadi va kengayadi", - deya ishonch bildiradi ekspert.
Ergashev, shuningdek, hozirda YeOIIda kuzatuvchi davlat bo‘lgan O‘zbekistonning tashkilotga bosqichma-bosqich integratsiyalashuvi davom etayotganini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda bojxona, tarif va boshqa masalalarni tartibga soluvchi qonunchilik va meyoriy-huquqiy bazani sinxronlashtirishga qaratilgan qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Ekspertning fikricha, O‘zbekistonning YeOIIga to‘laqonli a’zo bo‘lishi uchun barcha zarur tartib-qoidalar 2-3 yil davom etadi.
“O‘ylaymanki, barcha sohalardagi qonunchilik va meyoriy-huquqiy bazani sinxronlashtirish orqali O‘zbekistonning YeOIIga bosqichma-bosqich va muammosiz kirishi yaqin 2-3 yil ichida yakunlanadi”, — deb hisoblaydi ekspert.
Ergashevning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonning tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lishi YeOII, xususan, O‘zbekiston iqtisodiyotiga jiddiy ustunlik beradi, chunki Ittifoq mamlakatlari bozorlari respublika uchun asosiy hisoblanadi.
Avvalroq Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin YeOII yangi hamkorlar uchun ochiq
ekanini aytgandi.“Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi endi shakllanayotgan ko‘p qutbli dunyo qutblaridan biri rolini o‘ynamoqda. Va yangi hamkorlar uchun ochiq qoladi. Biz zamonaviy sharoitda boshqa davlatlar va mintaqaviy birlashmalar bilan o‘zaro aloqalarni oshirishga alohida ehtiyoj borligini yaxshi tushunamiz”, — dedi u.