O‘zbekiston va Eron hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldi

© Sputnik / Aktan TemirkanovO‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Eron Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Eron Tashqi ishlar vazirliklari hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldi, deya xabar berdi vazir Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida.
Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda hamkorlikning siyosatdan tortib iqtisodiy diplomatiyagacha bo‘lgan barcha jabhalari muhokama qilindi.

“O‘zbekiston va Eron Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlarimizni yanada rivojlantirishga qaratilgan va birgalikda hal etishimiz lozim bo‘lgan asosiy vazifalar belgilangan “Yo‘l xaritasi”ni imzoladik”, - deb yozadi Saidov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Eron Islom Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari – Qishloq xo‘jaligi tadqiqot, ta’lim tashkiloti (AREEO) rahbari Moxtaba Xayamm Nekoi bilan uchrashgan edi. Unda 7 nafar o‘zbekistonlik yosh olimlarni tashkilotning ta’lim va tadqiqot markazlarida stajirovkasini tashkil etishga kelishib olindi.
Yangiliklar lentasi
0