O‘n yoshli o‘zbekistonlik qiz Rossiyadan vatanga qaytarildi

© Unsplash / Abdullah AydinDevochka v Samarkande
Devochka v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2023
Obuna bo‘lish
Bosh konsulxona xodimlarining maxsus markaz rahbariyati bilan o‘tkazgan muzokaralari natijasida 10 yoshli o‘zbekistonlik qizni vatanga yuborish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulligi ko‘magida Rossiyaning Uzoq Sharq federal okrugi hududida qonuniy vakillari bo‘lmagan 10 yoshli o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Joriy yil 20-iyul kuni Samarqand viloyatida tug‘ilgan fuqaro B.M. Bosh konsulxonaga murojaat qilgan. U 2013-yil 17-mayda Xabarovsk shahrida tug‘ilgan qizi J.M.ni O‘zbekistonga qaytarishda amaliy yordam so‘ragan.
O‘rganishlar chog‘ida ma’lum bo‘lishicha, B.M. bir necha yil davomida Rossiyaning Xabarovsk shahrida vaqtincha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan. Ushbu davrda u Rossiya fuqarosi Ya.G. bilan tanishib turmush qurgan. Ushbu turmushdan qizi J.M. dunyoga kelgan. Qizning onasi Ya.G. esa 2021-yilning 27-iyun kuni uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etgan.
2023 yilning iyun oyida B.M. Rossiya hududida migratsiya qonunchiligiga zid ravishda bo‘lib turganligi sababli, u sud qarori asosida O‘zbekistonga majburiy tarzda chiqarib yuborilgan. 10 yoshli J.M. esa Rossiya huquq-tartibot idoralari tomonidan Xabarovsk o‘lkasi “Sentr sotsialnoy pomoshi semye i detam” nomli maxsus markazga joylashtirilgan.
Bosh konsulxona xodimlarining maxsus markaz rahbariyati bilan o‘tkazgan muzokaralari natijasida 10 yoshli o‘zbekistonlik qizni vatanga yuborish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
© IA "Dunyo"O‘n yoshli o‘zbekistonlik qiz Rossiyadan vatanga qaytarildi
Malenkaya grajdanka Uzbekistana vozvrashena na rodinu  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2023
O‘n yoshli o‘zbekistonlik qiz Rossiyadan vatanga qaytarildi
Shundan so‘ng, J.M.ga Bosh konsulxona tomonidan tegishli tartibda “vatanga qaytish” guvohnomasi rasmiylashtirilgan.
Natijada O‘zbekiston fuqarosi 27-avgust kuni Xabarovsk-Novosibirsk-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnovida O‘zbekistonga kuzatib qo‘yilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, voyaga yetmagan qizaloq sog‘-salomat otasi bag‘riga qaytgan.
Yangiliklar lentasi
0