https://oz.sputniknews.uz/20230828/samarqandda-tabiat-chegara-bilmaydi-shiori-ostida-konferentsiya-otkaziladi-38286760.html
Samarqandda "Tabiat chegara bilmaydi" shiori ostida konferensiya o‘tkaziladi
Samarqandda "Tabiat chegara bilmaydi" shiori ostida konferensiya o‘tkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
Konferensiya "Tabiat chegara bilmaydi" shiori ostida tashkil etiladi.
2023-08-28T09:31+0500
2023-08-28T09:31+0500
2023-08-28T12:10+0500
jamiyat
o‘zbekiston
samarqand
hayvonlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/02/35611679_0:0:3055:1719_1920x0_80_0_0_85769b56a348f4219db4ff669168e152.jpg
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. 2024-yil 12-17 fevral kunlari Samarqandda Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash to‘g‘risidagi konvensiya (CMS COP14) ishtirokchilari konferensiyasining 14-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, kuni kecha O‘zbekiston hukumati va CMS kotibiyati tomonidan ushbu tadbirning rasmiy logotipi va shiori tasdiqlandi.Ma’lumotlarga ko‘ra, yovvoyi tabiatda bor-yo‘g‘i 2700 dan 3300 gacha qor qoploni mavjud.Uch yilda bir marta o‘tkaziladigan xalqaro yig‘ilishda yashash muhitini saqlash va tiklash masalalari, shuningdek, haddan tashqari ekspluatatsiya, yashash joylarining yo‘qolishi va parchalanishi, ifloslanish va iqlim o‘zgarishi kabi turlarga tahdidlar muhokama qilinadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/02/35611679_126:0:2857:2048_1920x0_80_0_0_4df55705a8ef7eabcbfe9ac7bbfcd407.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
samarqand "tabiat chegara bilmaydi"
samarqand "tabiat chegara bilmaydi"
Samarqandda "Tabiat chegara bilmaydi" shiori ostida konferensiya o‘tkaziladi
09:31 28.08.2023 (yangilandi: 12:10 28.08.2023) Konferensiya "Tabiat chegara bilmaydi" shiori ostida tashkil etiladi.
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. 2024 yil 12-17 fevral kunlari Samarqandda Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash to‘g‘risidagi konvensiya (CMS COP14) ishtirokchilari konferensiyasining 14-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda "Dunyo" AA
xabar berdi. O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, kuni kecha O‘zbekiston hukumati va CMS kotibiyati tomonidan ushbu tadbirning rasmiy logotipi va shiori tasdiqlandi.
Konferensiya "Tabiat chegara bilmaydi" shiori ostida tashkil etiladi. Konferensiya logotipida O‘rta Osiyo yodgorliklarining mashhur jozibali koshinlarini eslatuvchi naqsh bilan bezatilgan qanotli qor qoploni tasvirlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yovvoyi tabiatda bor-yo‘g‘i 2700 dan 3300 gacha qor qoploni mavjud.
Uch yilda bir marta o‘tkaziladigan xalqaro yig‘ilishda yashash muhitini saqlash va tiklash masalalari, shuningdek, haddan tashqari ekspluatatsiya, yashash joylarining yo‘qolishi va parchalanishi, ifloslanish va iqlim o‘zgarishi kabi turlarga tahdidlar muhokama qilinadi.