"Innoprom" YeOIIda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga yordam beradi
16:17 28.08.2023 (yangilandi: 16:24 28.08.2023)
© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishStend Kamishinskogo opitnogo zavoda na mejdunarodnoy promishlennoy vistavke "Innoprom-2023" v Yekaterinburge
© Sputnik / Maksim Bogodvid
/ Obuna bo‘lish
YeOII mamlakatlari bilan import o‘rnini bosish uchun sanoat kooperatsiyasining asosiy tarmoqlari — aviatsiya, avtomobilsozlik, qishloq xo‘jaligi va chakana savdo bo‘lib qolmoqda.
TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Rossiya hukumati Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) doirasida sanoat kooperatsiyasining o‘sish tendensiyasini mustahkamlash niyatida, dedi bosh vazir Mixail Mishustin o‘z o‘rinbosarlari bilan uchrashuvda. RIA Novosti xabariga asosan.
Mishustin aytishiga ko‘ra, YeOII doirasida sanoat ishlab chiqarish hajmi 3%ga o‘sgan.
“Ushbu hamkorlikni chuqurlashtirish ittifoqimizni jahon tovar ishlab chiqarish zanjirlariga integratsiya qilishga yordam beradi, eng muhimi – yuqori qo‘shimcha qiymatli tovarlar ishlab chiqarish zanjiriga”, — dedi Mishustin.
Shuningdek, u hozirgi murakkab sharoitda YeOII doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish muhimligini ta’kidladi.
“Biz hamkorlarimizning fikriga qo‘shilamiz, bugungi kunda jahondagi murakkab vaziyatda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi hamkorlikni yanada yuqori bosqichga olib chiqish, barcha sohalarda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish g‘oyat muhim. Shuningdek, biz bundan keyin ham davlatlarimizda yashash uchun qulay sharoitlar yaratish uchun zarur bo‘lgan barcha ishlarni qilishda davom etamiz”, - dedi Mishustin.
Mishustin "Innoprom" ko‘rgazmasini ana shu munosabatlarni rivojlantirish vositalaridan biri deb atadi. Xususan, iyul oyida Yekaterinburgda bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmaga sanoat va savdo vaziri Denis Manturov bilan birgalikda tashrif buyurganini, unda “birlashmaning deyarli barcha a’zolariga o‘zlarining texnologik loyihalari taqdim etganini” esladi.
Ma’lumot uchun, 2023-yilning aprel oyida Toshkentda “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro ko‘rgazmasida Rossiyaning ko‘plab korxonalari ishtirok etgan va Denis Manturov Rossiya do‘stona mamlakatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish niyatida ekanini aytgan edi.
"Konstruktiv do‘stona munosabatlarga ega bo‘lgan YeOII, ShHT, BRIKS va boshqa iqtisodiy birlashmalar doirasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, birinchi navbatda, texnologik suverenitetga erishishga yordam beradi. Bu yo‘nalishda Markaziy Osiyo yetakchi o‘rinni egallaydi", - degan edi Denis Manturov Toshkentdagi "Innoprom"da.
Ko‘rgazmada Rossiya axborot texnologiyalari, ta’lim, muhandislik, tibbiyot, metallurgiya, energetika, logistika, qurilish kabi yo‘nalishlarda “Rossiyada ishlab chiqarilgan” 59 ta stendini taqdim etdi. Ko‘rgazma yakunida rossiyalik tadbirkorlar 51 ta hujjat imzoladilar.
O‘zbekiston va YeOII mamlakatlari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasi faol rivojlanmoqda. Respublikada Rossiya sarmoyasi ishtirokidagi 4 mingga yaqin korxona faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 700 tasi o‘tgan yili, yana 425 tasi joriy yilning yetti oyida tashkil etilgan. Bundan tashqari, YeOIIning yana ikkita davlati – Qirg‘iziston va Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda. Joriy yilda O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan korxonalar soni 10 ta davlat (mos ravishda 94 va 34 ta korxona).
Xususan, O‘zbekistonda Lada avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, Qozon texnopolisi Ximgrad bilan hamkorlikda tashkil etilgan ikkita texnopark, O‘zbekiston korxonalari "Lukoyl", "Tatneft" kabi yirik kompaniyalar bilan ham hamkorlik qilmoqda.