“CAFA U-17 Championship-2023”: O‘zbekiston ikkinchi o‘rinni egalladi

© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana U-17 O‘zbekiston jamoasi
 U-17 O‘zbekiston jamoasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2023
Obuna bo‘lish
“CAFA U-17 Championship–2023” turnirida O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Eron va mezbon Tojikiston jamoalari qatnashdi.
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi chempionatining kumush medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar qildi.
“CAFA U-17 Championship–2023” turniri 21-avgustdan 27-avgustga qadar Tojikistonda bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Eron va mezbon Tojikiston jamoalari qatnashdi.
O‘zbekiston jamoasi musobaqa davomida 9 ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Tojikiston ham shuncha ball to‘pladi. Biroq ular o‘rtasida 25-avgust kuni bo‘lib uchrashuvda Tojikiston g‘olib bo‘lgani (2:0 hisobida) sabab birinchi o‘rin mezbonlarga berildi.
© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana U-17
Sbornaya Uzbekistana U-17 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2023
Sbornaya Uzbekistana U-17
Uchinchi o‘rin afg‘onistonlik futbolchilarga nasib etdi.
O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Nurbek Sarsenbayev – turnirning eng yaxshi to‘purari (3 gol) sifatida e’tirof etildi.
© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaNurbek Sarsenbayev
Nurbek Sarsenbayev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2023
Nurbek Sarsenbayev
Yangiliklar lentasi
0