O‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalardan apellyatsiya arizalari qabul qilish boshlandi

© Unsplash / Helloquence Rabota za kompyuterom
Rabota za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2023
Obuna bo‘lish
O‘qishni ko‘chirish uchun test topshirgan talabalardan apellyatsiya arizalari 31-avgustga qadar qabul qilinadi.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellyatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi, deya xabar berdi Bilimni baholash agentligi.
Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat Oliy ta’lim muassasalaridan (OTM) davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellyatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.
Apellyatsiya arizalari 31-avgustga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi.

“Talabgor apellyatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim”, - deyiladi xabarda.

Apellyatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, Oliy ta’lim muassasalarda (OTM) o‘qishni ko‘chirish jarayonlari 15-iyuldan boshlanadi va 5-avgustga qadar davom etdi. O‘tish ballini to‘plolmaganlar "super-kontrakt" bilan qabul qilinishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0