Saidov Turkmanistonning yangi elchisi bilan uchrashdi

© Press-slujba MID UzbekistanaBaxtiyor Saidov va Shadurdi Meredov
Baxtiyor Saidov va Shadurdi Meredov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2023
Obuna bo‘lish
Shadurdi Meredov O‘zbekiston TIV rahbariga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkmanistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Shadurdi Meredovdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
“So‘nggi yillarda aloqalarimiz misli ko‘rilmagan darajada kengayganiga guvoh bo‘ldik. Erishilgan yutuqlar talaygina, yanada ko‘prog‘i esa hali oldinda”, - deya yozdi Saidov o‘zining Telegram-kanalida.
Vazir elchiga mamlakatdagi faoliyati mobaynida muvaffaqiyatlar tilagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shadurdi Meredov Turkmanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlangani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0