https://oz.sputniknews.uz/20230823/ilon-mask-zelenskiy-jazolash-starlink-38123503.html
Ilon Mask Zelenskiyni beadablik uchun qanday jazolagani oshkor bo‘ldi
Ilon Mask Zelenskiyni beadablik uchun qanday jazolagani oshkor bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
The New Yorker: Mask Zelenskiyning hujumidan keyin "Starlink"ni o‘chirib, Ukraina qurolli kuchlarini jazoladi.
2023-08-23T10:49+0500
2023-08-23T10:49+0500
2023-08-23T11:58+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
ilon mask
vladimir zelenskiy
ukraina
internet
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/14/36109777_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_48fb219e370172c33200de820e57cd9a.jpg
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Amerikalik milliarder va "SpaceX" kompaniyasi asoschisi Ilon Mask "Starlink"ni o‘chirib, Ukraina Qurolli kuchlarini jazoladi. Bu haqda RIA Novosti "The New Yorker" nashriga tayanib xabar berdi.Qayd etilishicha, Vladimir Zelenskiy Ilon Maskning mamlakatdagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish rejasiga salbiy munosabat bildirganidan keyin Mask Ukraina Qurolli kuchlariga berilgan "Starlink" aloqa terminallarini o‘chirib qo‘ygan.O‘tgan yilning oktabr oyida Mask tvitterda Rossiya bilan keng ko‘lamli urush bo‘lgan taqdirda Ukrainaning g‘alaba qozonishiga shubha bilan qarashini va tomonlarni tinchlikka chaqirishini yozgan edi.U mojaroni hal qilish bo‘yicha o‘z qarashlarini taklif qildi. Reja Donbassda "BMT nazorati ostida" "takroriy ovoz berish"ni nazarda tutgan: Qrimning "1783 yildan beri (Xrushov xatosidan oldin) bo‘lgani kabi Rossiyaning rasmiy qismi" saqlanishi, Qrimga suv ta’minoti kafolatlari va Ukrainaning neytral maqomi.Bunga javoban Zelenskiy uni Moskvani yoqtirishda aybladi.Nashrning yozishicha, shundan so‘ng Mask “jang maydonida kimni qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatgan”. Bir paytlar frontning janubiy yo‘nalishidagi Ukraina qo‘shinlari to‘satdan aloqasiz qolgan, deyiladi maqolada.Harbiylarning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik qo‘mondonlar radio bandini ushlash va aloqani tiklash uchun jang maydoni bo‘ylab harakatlanishga majbur bo‘lgan."Starlink" — bu dunyoning istalgan nuqtasida internetga keng polosali ulanishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan sun’iy yo‘ldosh tarmog‘idir. 2018-yildan buyon loyiha Ilon Maskga tegishli "SpaceX" kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/14/36109777_63:0:2794:2048_1920x0_80_0_0_d741305d2e661bdaf50f3ec7a5211094.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ilon mask zelenskiy starlink spacex zelenskiy internet
ilon mask zelenskiy starlink spacex zelenskiy internet
Ilon Mask Zelenskiyni beadablik uchun qanday jazolagani oshkor bo‘ldi
10:49 23.08.2023 (yangilandi: 11:58 23.08.2023) "The New Yorker": Mask Zelenskiyning hujumidan keyin "Starlink"ni o‘chirib, Ukraina qurolli kuchlarini jazoladi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Amerikalik milliarder va "SpaceX" kompaniyasi asoschisi Ilon Mask "Starlink"ni o‘chirib, Ukraina Qurolli kuchlarini jazoladi. Bu haqda
RIA Novosti "The New Yorker" nashriga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, Vladimir Zelenskiy Ilon Maskning mamlakatdagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish rejasiga salbiy munosabat bildirganidan keyin Mask Ukraina Qurolli kuchlariga berilgan "Starlink" aloqa terminallarini o‘chirib qo‘ygan.
O‘tgan yilning oktabr oyida Mask tvitterda Rossiya bilan keng ko‘lamli urush bo‘lgan taqdirda Ukrainaning g‘alaba qozonishiga shubha bilan qarashini va tomonlarni tinchlikka chaqirishini yozgan edi.
U mojaroni hal qilish bo‘yicha o‘z qarashlarini taklif qildi. Reja Donbassda "BMT nazorati ostida" "takroriy ovoz berish"ni nazarda tutgan: Qrimning "1783 yildan beri (Xrushov xatosidan oldin) bo‘lgani kabi Rossiyaning rasmiy qismi" saqlanishi, Qrimga suv ta’minoti kafolatlari va Ukrainaning neytral maqomi.
Bunga javoban Zelenskiy uni Moskvani yoqtirishda aybladi.
Nashrning yozishicha, shundan so‘ng Mask “jang maydonida kimni qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatgan”. Bir paytlar frontning janubiy yo‘nalishidagi Ukraina qo‘shinlari to‘satdan aloqasiz qolgan, deyiladi maqolada.
“Biz aloqa chizig‘iga juda yaqin edik va bu chegarani kesib o‘tdik. Shundan so‘ng "Starlink" ishlamay qoldi. Buning oqibatlari darhol paydo bo‘ldi. Aloqa uzildi, bo‘linmalar izolyatsiya qilindi”, - dedi Nikolay ismli askar gazetaga.
Harbiylarning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik qo‘mondonlar radio bandini ushlash va aloqani tiklash uchun jang maydoni bo‘ylab harakatlanishga majbur bo‘lgan.
“Starlink”ning o‘chirilishi natijasida Ukraina Qurolli kuchlarida tartibsizlik boshlandi, - dedi u.
"Starlink" — bu dunyoning istalgan nuqtasida internetga keng polosali ulanishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan sun’iy yo‘ldosh tarmog‘idir. 2018-yildan buyon loyiha Ilon Maskga tegishli "SpaceX" kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.