Toshkentda Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanish masalalari muhokama qilindi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovToshkentda Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanish masalalari muhokama qilindi.
Toshkentda Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanish masalalari muhokama qilindi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi tahliliy markazlari ekspertlari zamonaviy sharoitda davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashishdi.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Toshkentda "Markaziy Osiyo: jahon jarayonlari va barqaror rivojlanish mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Tadbirda yetakchi tahlil markazlarining milliy va rossiyalik ekspertlari, O‘zbekistondagi ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari ishtirok etdi.

“2017 yildan buyon Markaziy Osiyo mintaqasi keskin o‘zgarib, barqarorlik, birdamlik va xalqaro subyektivlikka erishmoqda”, - dedi o‘z nutqida Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori o‘rinbosari Sherzod Fayziyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ijobiy o‘zgarishlarning asosiy omili O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan Toshkentning yangi tashqi siyosat yo‘nalishi bo‘ldi.
“Ushbu siyosatning amalga oshirilishi ko‘p yillar davomida Markaziy Osiyo davlatlarining rivojlanishi va hamkorligiga to‘sqinlik qilib kelayotgan ko‘plab to‘planib qolgan muammolarni bartaraf etish imkonini berdi”, — dedi Fayziyev.
U misol tariqasida mintaqa davlatlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2,5 barobardan ziyod oshganini, qo‘shma korxonalar soni 4 baravarga, o‘zaro tashriflar ham 4 barobarga oshganini keltirib o‘tdi.
Davra suhbati Markaziy Osiyo xalqaro instituti hamda Milliy tadqiqot universitetining Oliy iqtisodiyot maktabi (Rossiya) Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti hamkorligida tashkil etildi.
Yangiliklar lentasi
0