Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga o‘rinbosar saylandi

© Foto : Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsman) o‘rinbosar saylandi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsman) o‘rinbosar saylandi.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2023
Obuna bo‘lish
Deputatlar tomonidan Bekzod Narimanovni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari lavozimiga saylash tavsiya etildi.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsman) o‘rinbosar saylandi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.
Deputatlar tomonidan Bekzod Narimanovni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari lavozimiga saylash tavsiya etildi.
“Konstitutsiyasning 93-moddasi birinchi qismining 16-bandi hamda “Oliy majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasiga asosan Bekzod Narimanovni ombudsman o‘rinbosari lavozimiga saylash tavsiya etildi”, deyiladi xabarda.
Majlisda deputatlar muhokamalardan so‘ng Narimanov nomzodini ombudsman o‘rinbosari lavozimiga saylashdi va mazkur qaror Senatga yuborildi.
Narimanov 1984-yilda tug‘ilgan. Hozirda Toshkent davlat yuridik universitetida Konstitutsiyaviy kafedrasi mudiri bo‘lib ishlaydi.
Ma’lumot uchun, vakil o‘z lavozimidan muddatidan ilgari ozod qilingan taqdirda, Vakil o‘rinbosari uning vazifasini yangi Vakil saylanguniga qadar bajarib turadi. Vakil uchun belgilangan kafolatlar ana shu davrda unga nisbatan tatbiq etiladi.
Ombudsman mansabdor shaxs bo‘lib, unga davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan parlament nazoratini ta’minlash vakolatlari berilgan.
Yangiliklar lentasi
0