Armiya-2023: Xitoy qanday qurollar taqdim etdi — video

Obuna bo‘lish
Armiya-2023 harbiy texnik forumida Xitoy uchuvchisiz apparatlar, qirg‘oq mudofaa tizimlari va tibbiy yordam kemasini taqdim etdi.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Xitoy "Armiya-2023" xalqaro forumida uchuvchisiz uchish apparatlari, boshqariladigan raketalar hamda zenit-raketa va qurol tizimlarini taqdim etdi.
Xitoy stendida, xususan, SH-4 ko‘p maqsadli harbiy uchuvchisiz uchish apparati, HQ-22E zenit-raketa majmuasi, FK-2000 havo mudofaa raketa tizimi, boshqariladigan raketalar va desant kemalari taqdim etilgan. Lekin Xitoy harbiylarining alohida g‘ururi bu - tibbiy yordam kemasi bo‘ldi. Uning bortida murakkab tibbiy operatsiyalarni o‘tkazish mumkin.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 14-avgust kuni Xitoy, Eron va Hindiston stendlariga tashrif buyurib u yerda taqdim etilgan eng yangi qurollar namunalari bilan tanishgan edi.
Xususan, Xitoy stendida vazirga uchuvchisiz uchish apparatlari, boshqariladigan raketalar va zenit-raketa va qurol tizimlari, havo hujumidan mudofaa tizimi, askarlar uchun kiyim-kechak va himoya vositalari namoyish etilgan edi.
Sergey Shoygu 14-avgust kuni Eron harbiy stendida bo‘lib u yerda taqdim etilgan Arash, Ababil-5, Karrar uchuvchisiz apparatlari hamda Hunter-2 elektron kurash tizimi bilan tanishgan edi.
"Armiya-2023" xalqaro harbiy-texnik forumi 14-20 avgust kunlari "Patriot" ko‘rgazma va anjumanlar markazida, Alabino poligonida va Kubinka aerodromida bo‘lib o‘tmoqda.
Ekspozitsiya va biznes dasturida Rossiyaning 1,5 mingga yaqin yetakchi mudofaa sanoati korxonalari ishtirok etadi. Forumda yetti davlatdan 85 xorijiy kompaniya va tashkilot ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0