Ukraina 500 dan ortiq askar yo‘qotdi: 11-avgust hisoboti

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRabota tankistov SVO na Krasnolimanskom napravlenii.
Rabota tankistov SVO na Krasnolimanskom napravlenii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2023
Obuna bo‘lish
Ukraina Qurolli kuchlari Kupansk, Donesk, Janubiy Donesk, Zaporojye, Koasniy Liman yo‘nalishlarida hujumga o‘tishga urindi va 500dan ortq askar yo‘qotdi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi kun davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi 11-avgust hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyati Olshana va Pershotravnee aholi punktlari hudularida o‘z pozitsiyalarini yaxshiladi. LXRning Novoselovskoe, Sinkovka aholi punktlari va Xarkov viloyatining Mankovka darasida UQKning 32, 41, 44 va 67mexanizatsiyalashgan brigadalarining 4ta hjumini qaytardi.
Kun davomida ushbu yo‘nalishda dushman 165 dan ortiq harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, ikkita pikap, Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar gaubitsasi va AQShda ishlab chiqarilgan ikkita AT/TPQ-50 artilleriyaga qarshi radari yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhi DXRning Nevelskoe, Belogorovka, Staromixaylovka, Maloilinovka va Vesolee aholi punktlarida UQKning 10-tog‘ hujum, 79 havo hujumi, 59 moto-o‘qchi va 3-tank brigadalarining 5 ta hujumni muvaffaqiyatli qaytardi.
Ushbu yo‘nalishda kun davomida 180 tagacha ukrainalik harbiy xizmatchilar, yettita BMP, ikkita pikap, Strela-10 zenit-raketa majmuasining jangovar mashinasi, AQShda ishlab chiqarilgan M109 Paladin o‘ziyurar artilleriya moslamasi, shuningdek, ikkita D-20 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Janubiy-Donek yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlari bo‘linmalari DXRning Staromayorskoe qishlog‘i yaqinida dushmaning razvedka o‘tkazishga urinishini bartaraf etdi. Nikolskoe va Urojaynoe aholi punktlari hududlarida UQKning 72mexaniklashtirilgan brigadasi, 38 dengiz piyodalari brigadasi hujumchilarining 3ta hujumi muvaffaqiyatli qaytarildi. Kun davomida 35 tagacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, ikkita avtomashina va D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Zaporoje yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari Zaporoje viloyati Uspenovka va Rabotino aholi punktlari hududlarida UQKning 21-mexanizatsiyalashgan brigadasi bo‘linmalarining 3ta hujumini qaytardi. Dushmanning bu yo‘nalishdagi yo‘qotishlari 60 nafar harbiy xizmatchi, 3 ta texnika, shuningdek, D-30 gaubitsasini tashkil etdi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi LXRning Novogorovka va Kremennaya aholi punktlari hududlarida UQKning 68 piyoda, 42 mexanizatsiyalashgan qurolli brigadalarning ikkita hujumini qaytardi. Kun davomida dushman 115 nafar harbiy xizmatchi, uchta zirhli jangovar texnika, shuningdek, D-20 gaubitsasini yo‘qotdi.
Xerson yo‘nalishida dushmanning 20 nafargacha harbiy xizmatchi, ikkita pikap, AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi, D-20 gaubitsasi va "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi kun davomida UQKning 139 ta pozitsiyada joylashgan ishchi kuchi va harbiy texnikasini mag‘lub etdi.
Zaporojye shahri hududida chet ellik yollanma askarlarni vaqtincha joylashtirish nuqtasiga zarba berildi.
Bundan tashqari, DXRning Toretsk, Cherneshchina, Xarkov viloyatining Lipsi va Zaporojye viloyatiig Gulyaipole aholi punktlari hududlarida UQKning 24, 43, 60 mexanizatsiyalashgan brigadalari hamda 108-hududiy mudofaa brigadasining to‘rtta o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.
Havo mudofaa tizimi AQShda ishlab chiqilgan HIMARS reaktiv tizimining ikkita raketasini tutib oldi.
Bundan tashqari, Xarkov viloyatining Kupansk, LXRning Lisichansk, DXRning Artemivsk, Volnovaxa, Zaporoje viloyatidagi Orexov va Gulyaipole aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 16 ta uchuvchisiz apparati urib tushirildi.
Umuman olganda, maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 458 ta samolyot, 245 ta vertolot, 5 654 ta uchuvchisiz uchish apparati, 429 ta zenit-raketa majmuasi, 11 230 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1144 yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimi mashinalari, 5847 ta dala artilleriya tizimlari va minomotlar, shuningdek, 12176 dona maxsus harbiy texnikasini yo‘qotdi.
Yangiliklar lentasi
0