https://oz.sputniknews.uz/20230811/toza-havo-hokimlar-vazifa-mirziyoev-37769909.html
Toza havo muhitini yaratish hokimlarning eng asosiy vazifalaridan biri bo‘ladi – Mirziyoyev
Toza havo muhitini yaratish hokimlarning eng asosiy vazifalaridan biri bo‘ladi – Mirziyoyev
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z hududida ekologik vaziyatni yaxshilash, aholiga qulay yashash va toza havo muhitini yaratish endilikda hokimlarning eng asosiy vazifalaridan biri bo‘lishini ta’kidladi.
2023-08-11T16:39+0500
2023-08-11T16:39+0500
2023-08-11T16:39+0500
siyosat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
“yashil makon” umummilliy loyihasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/0b/37768891_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_b1eb22fb0bd564f38569a4d9163901b9.jpg
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. O‘zbekistonda hududlarda toza havo muhitini yaratish endi hokimlarning eng asosiy vazifalaridan biri bo‘ladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi yig‘ilishda ma’lum qildi.Davlat rahbari yig‘ilishda mamlakat hududlarida ko‘kalamzorlashtirish ishlariga to‘xtatib o‘tdi.Yashil makon" dasturida har yili 200 million tup daraxt ekish bo‘yicha barcha hududlarda ko‘kalamzorlashtirish darajasini 30 foizga yetkazish ko‘zda tutilgandi.Buning uchun har bir hududda bahor va kuzda 15 million tupdan ko‘chat ekish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, barcha shaharlar atrofida "yashil belbog‘lar" qurish reja qilingan.Prezident ayrim rahbarlar bu ishlarni o‘z holiga tashlab qo‘yganini tanqid qildi. Masalan, ko‘chatlar sug‘orish tizimi yo‘q hududlarga ekilgani sabab 10 million nihol nobud bo‘lgan. Daraxt ko‘chatlarini yo‘llar bo‘yida ekish ishlari 33 ta tuman va shaharda umuman bajarilmagan.Mirziyoyev o‘z hududida ekologik vaziyatni yaxshilash, aholiga qulay yashash va toza havo muhitini yaratish endilikda hokimlarning eng asosiy vazifalaridan biri bo‘lishini ta’kidladi.Barcha tizim va hudud rahbarlariga mahallalar, aholi punktlari, ko‘p qavatli bino, hovlilarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish topshirildi.Avvalroq O‘zbekiston marosimlarda daraxt ekish an’anasini tiklashi mumkinligi xabar qilingan edi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/0b/37768891_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_df93000ee50a0d39cd4b2d689a52878f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toza havo hokimlar asosiy vazifa prezident shavkat mirziyoyev
toza havo hokimlar asosiy vazifa prezident shavkat mirziyoyev
Toza havo muhitini yaratish hokimlarning eng asosiy vazifalaridan biri bo‘ladi – Mirziyoyev
Barcha tizim va hudud rahbarlariga obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berildi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. O‘zbekistonda hududlarda toza havo muhitini yaratish endi hokimlarning eng asosiy vazifalaridan biri bo‘ladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi yig‘ilishda
ma’lum qildi. Davlat rahbari yig‘ilishda mamlakat hududlarida ko‘kalamzorlashtirish ishlariga to‘xtatib o‘tdi.
Yashil makon" dasturida har yili 200 million tup daraxt ekish bo‘yicha barcha hududlarda ko‘kalamzorlashtirish darajasini 30 foizga yetkazish ko‘zda tutilgandi.
Buning uchun har bir hududda bahor va kuzda 15 million tupdan ko‘chat ekish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, barcha shaharlar atrofida "yashil belbog‘lar" qurish reja qilingan.
Prezident ayrim rahbarlar bu ishlarni o‘z holiga tashlab qo‘yganini tanqid qildi. Masalan, ko‘chatlar sug‘orish tizimi yo‘q hududlarga ekilgani sabab 10 million nihol nobud bo‘lgan. Daraxt ko‘chatlarini yo‘llar bo‘yida ekish ishlari 33 ta tuman va shaharda umuman bajarilmagan.
Mirziyoyev o‘z hududida ekologik vaziyatni yaxshilash, aholiga qulay yashash va toza havo muhitini yaratish endilikda hokimlarning eng asosiy vazifalaridan biri bo‘lishini ta’kidladi.
Barcha tizim va hudud rahbarlariga mahallalar, aholi punktlari, ko‘p qavatli bino, hovlilarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish topshirildi.
Avvalroq O‘zbekiston marosimlarda daraxt ekish an’anasini tiklashi mumkinligi
xabar qilingan edi.